Xiva shahri hokimi Temur Davletov intizomiy jazoga tortildi.
Viloyat hokimi Farhod Ermanovning 12-noyabrdagi farmoyishiga ko‘ra, u Mehnat kodeksining 181-moddasi 2-bandiga asosan oylik ish haqining 20 foizi miqdorida jarimaga tortildi.
Bunga ish faoliyati davomida o‘z vazifasiga mas’uliyatsizligi va o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishdagi kamchiliklari sabab qilib ko‘rsatilgan.
Ma’lumot uchun, Temur Davletov Xiva shahrida 2020-yilning dekabridan buyon hokimlik qilib kelmoqda.
Izoh (0)