Toshkent shahri bojxona boshqarmasining xabar qilishicha, fuqaroning Captiva mashinasidan 100 grammdan ortiq gashish topildi.
Xabarga ko‘ra, giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanuvining oldini olish borasida bojxona organlari tomonidan tizimli chora-tadbirlar olib borilmoqda. Bojxona boshqarmasining kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda poytaxtning Bektemir tumanida navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tezkor tadbir davomida Captiva avtotransport vositasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilishi natijasida transport vositasida og‘irligi 103,04 grammni tashkil qiluvchi gashish giyohvandlik vositasi yashirilgani fosh bo‘ldi.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.