O‘zbekiston 2022-yilning yanvar-sentabr oylarida 24 ta xorijiy davlatdan qiymati 31,9 million dollarga teng bo‘lgan 23,6 ming tonna choy import qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, choy importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 8,6 ming tonnaga kamaygan. 2022-yilning 9 oyida O‘zbekiston eng ko‘p choy import qilgan davlatlar:
- Xitoy – 19,7 ming tonna;
- Keniya – 1,2 ming tonna;
- Eron – 614 tonna;
- Hindiston – 439 tonna;
- Indoneziya – 378 tonna;
- Shri-Lanka – 334 tonna;
- Rossiya – 258 tonna;
- BAA – 190 tonna.
Izoh (0)