Belgiya terma jamoasining Qatar maydonlarida o‘tadigan Jahon Chempionati uchun qaydnomasini ma’lum qilindi.
Roberto Martines 26 o‘yinchidan iborat ro‘yxatga quyidagi nomlarni kiritdi:
Darvozabonlar: Kun Kastels (“Volfsburg”), Tibo Kurtua (“Real Madrid”), Simon Minyole (“Bryugge”);
Himoyachilar: Tobi Alderveyreld (“Antverpen”), Zeno Debast, Yan Vertongen (ikkisi “Anderlext”), Leander Dendonker (“Aston Villa”), Vaut Fas, Timoti Kastan (ikkisi “Lester”), Artyur Teate (“Renn”), Toma Menye (“Borussiya D”);
Yarim himoyachilar: Yannik Ferreyra Karrasko, Aksel Vitsel (ikkisi “Atletiko”), Torgan Azar (“Borussiya D”), Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”), Amadu Onana (“Everton”), Yuri Tilemans (“Lester”), Sharl de Ketelare (“Milan”), Jeremi Doku (“Renn”), Eden Azar (“Real Madrid”), Leandro Trossard (“Brayton”), Hans Vanaken (“Bryugge”);
Hujumchilar: Mishi Batshuayi (“Fenerbahche”), Romelu Lukaku (“Inter”), Dris Mertens (“Galatasaroy”), Loi Openda (“Lans”).
“Milan” forvardi Divok Origi ro‘yxatdan joy olmagan, milanliklarning yana bir o‘yinchisi Aleksis Salemakers esa zaxira ro‘yxatida qoldirilgan.
Belgiya terma jamoasi Kanada, Marokash va Xorvatiya bilan bir guruhdan joy olgan. Musobaqa 20-noyabr kuni start oladi, final 18-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Argentina, Daniya va Urugvay terma jamoalari kengaytirilgan tarkibni, Xorvatiya, Fransiya, Uels, Angliya, Germaniya, Braziliya, Portugaliya, Ispaniya esa yakuniy qaydnomani e’lon qilgandi.