O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mitasi bir nechta klubga nisbatan sanksiya qo‘lladi.
Superliganing “Neftchi”, “Qo‘qon-1912” va “Surxon”, Pro-Liganing “Buxoro”, “Yangiyer” va “Zomin” klublari futbolchi va murabbiylar oldidagi qarzdorliklari hamda mashg‘ulot kompensatsiyasi pullarini to‘lab bermagan.
Shu bois mazkur jamoalarga nisbatan qishki transfer oynasida yangi futbolchilarni PFL ro‘yxatidan o‘tkazishga taqiq qo‘yilgan.