Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Argentina terma jamoasi 2022-yilgi Jahon Chempionati uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Lionel Skaloni dastlabki qaydnomaga 32 nafar futbolchini kiritdi. Yakuniy qaydnoma 14-noyabrga qadar e’lon qilinadi, unga ko‘pi bilan 26 futbolchini kiritish mumkin.

Darvozabonlar: Emiliano Martines (“Aston Villa”), Xeronimo Ruli (“Vilyarreal”), Xuan Musso (“Atalanta”), Franko Armani (“River Pleyt”);

Himoyachilar: Nauel Molina (“Atletiko”), Gonsalo Montyel (“Sevilya”), Kristian Romero (“Tottenhem”), Xerman Pesselya (“Betis”), Nikolas Otamendi (“Benfika”), Lisandro Martines (“Manchester Yunayted”), Markos Akunya (“Sevilya”), Nikolas Talyafiko (“Lion”), Xuan Foyt (“Vilyarreal”), Fakundo Medina (“Lans”), Neuen Peres (“Udineze”);

Yarim himoyachilar: Rodrigo de Paul (“Atletiko”), Leandro Paredes (“Yuventus”), Jovani Lo Chelso (“Vilyarreal”), Papu Gomes (“Sevilya”), Aleksis Mak Allister (“Brayton”), Gido Rodriges (“Betis”), Enso Fernandes (“Benfika”), Eksekiel Palasios (“Bayer”), Nikolas Gonsales (“Fiorentina”);

Hujumchilar: Lionel Messi (“PSJ”), Lautaro Martines (“Inter”), Anxel di Mariya (“Yuventus”), Xulian Alvares (“Manchester Siti”), Xoakin Korrea (“Inter”), Paulo Dibala (“Roma”), Anxel Korrea (“Atletiko”), Tiago Almada (“Atlanta Yunayted”).

Qatar mezbonligidagi mundial 20-noyabrda start oladi, final 18-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Argentina terma jamoasi Saudiya Arabistoni, Meksika va Polsha bilan bir guruhdan joy olgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkent viloyatida 2023-yilda 9 ming gektar maydon qisqartirilib, 25 sotixdan aholiga beriladi
Mahalliy
Toshkent viloyatida kelin qaynonasiga 20 marta pichoq urdi (video)
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirdi