Twitter’ning yangi egasi Ilon Mask ommaning diqqatini o‘ziga jalb qilishda davom etmoqda. “Daryo” milliarderning so‘ngi haftadagi o‘ziga xos va qiziqarli tvitlarini e’tiboringizga havola etadi.
Twitter’da o‘tirib olib, Twitter haqida shikoyat qiladiganlarni sevaman.
Har qanday nom o‘zgartirish verifikatsiya belgisining olib qo‘yilishiga sabab bo‘ladi.
Twitter eng yomoni! Ammo shu bilan birga eng zo‘ri.
Twitter dunyodagi eng aniq ma’lumot manbaiga aylanishi kerak. Bu — bizning missiyamiz.
Endilikda taqlid qiluvchi akkauntlar faqatgina bio’siga emas, balki nomiga ham “parody” so‘zini qo‘shib qo‘yishi shartO‘tgan haftada Ilon Mask Twitter’dagi ko‘k verifikatsiya belgisini pulli qilish masalasini o‘rtaga tashlagan edi. E’tirozlarga sabab bo‘lgan bu qarorni uning o‘zi quyidagicha izohlagan.
Sizning fikr-mulohazalaringiz qadrlanadi. Endi 8 dollar to‘lang.
Menga kun bo‘yi “mag‘zava ag‘darishingiz mumkin”, lekin uning narxi 8 dollar bo‘ladi.Shuningdek, tadbirkor Twitter faol foydalanuvchilar borasida o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etganini ma’lum qildi.
Twitter’dan foydalanish o‘sishda davom etmoqda. Bir narsa aniq: bu zerikarli emas!Mavzuga doir:Bugun faol foydalanuvchilar bo‘yicha barcha davrlardagi eng yaxshi natija yangilandi