Daryo

Ilon Mask Twitter’ni pulli qilishni rejalashtirmoqda

Obuna narxi qancha bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilmagan

1 daqiqa o‘qish23 252 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “RBK”

Twitter’ni sotib olgan milliarder Ilon Mask platformadan foydalanishni pulli qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb yozadi Meduza.

Foto: “RBK”

Jurnalistlarning kompaniyadagi manbalariga ko‘ra, biznesmen o‘z maslahatchisi Devid Saks bilan Twitter’da har oyda bepul onlayn bo‘lish limitini belgilashi mumkin bo‘lgan rejani muhokama qilgan. Reja amalga oshsa, foydalanuvchilardan obuna uchun to‘lov talab qilinadi. Bunday obuna narxi qancha bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilmagan.

Noyabr oyi boshida Twitter dasturining yangilangan versiyasida ko‘k verifikatsiya belgisini sotib olish imkoniyati haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Bu Mask kompaniyani sotib olgandan keyin taklif qilgan birinchi yangilikdir.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar