Ukraina Belarus bilan chegarada 3 kilometrga yaqin simli temir-beton devor qurmoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti devoni rahbari o‘rinbosari Kirill Timoshenko ma’lum qildi.
“Hozir janubda xalqimiz harbiylarimizni kutib olmoqda, shimolda esa yana bir ish qizg‘in ketmoqda. Bu yerda Belarus bilan chegarada devor qurilmoqda, — deb yozdi Timoshenko o'zining Telegram kanalida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, chegaraning 3 kilometrga yaqinida allaqachon devor o‘rnatilgan va davomini o‘rnatish ishlari kechmoqda. Bundan tashqari, Roven va Jitomir viloyatlarida ish olib borilmoqda. Rossiya bilan chegaradosh hududlarda istehkomlar qurilmoqda.
“Chegarachilarimiz vaziyatni 24/7 kuzatib boradi, dushmanni safdan uzoqda ko‘rish uchun barcha zarur jihozlarga ega. Biz hammamiz himoyani xohlaymiz, hatto dushmanning taxminiy oldinga siljishini to‘xtatish uchun ham hamma narsani qilamiz”, — deya ta’kidlaydi Timoshenko.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida Polsha Rossiya bilan chegarada devor qurishni boshlagandi. Devorning balandligi 2,5 metr bo‘ladi. Finlyandiya ham Rossiya bilan chegarada to'siq qurishni rejalashtirgan. Mamlakat Rossiya bilan 1340 kilometr uzunlikdagi umumiy chegaraga ega. Hozirda Finlyandiya va Rossiya chegarasi faqat tikanli sim bilan ajratilgan.