Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili Igor Konashenkov Xersondan Dneprning chap qirg‘og‘iga 30 mingdan ortiq rus harbiylari chekinganini ma’lum qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, chekinish chog‘ida 5 mingga yaqin qurol va harbiy texnika, shuningdek, moddiy boyliklar bo‘lgan. Mazkur operatsiya Moskva vaqti bilan 11 noyabr, juma kuni ertalab soat beshda yakunlandi.
“Rossiyaning ta’mirlanishi kerak bo‘lgan barcha harbiy texnikasi olib chiqildi va ta’mirlash bo‘linmalari hozirda ular bilan ishlamoqda. Birorta ham texnika va qurol-yarog‘ qolmadi, barcha rus harbiylari Dneprning chap qirg‘og‘iga o‘tkazildi”, — deydi u.
Shuningdek, rasmiy harbiylarni olib o‘tish paytida hech qanday qurbonlar bo‘lmaganini ta‘kidladi.
Konashenkov Rossiya harbiylari “Dneprning o‘ng qirg‘og‘ida Ukraina armiyasining ishchi kuchi va harbiy texnikasiga” zarba berayotganini qo‘shimcha qildi.
Rossiya qo‘mondonligi 9-noyabr kuni Dneprning chap qirg‘og‘idan, jumladan, Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga bostirib kirganidan ko‘p o‘tmay egallab olgan Xerson shahridan chekinishini e’lon qilgandi.
Bloomberg nashri Kremlning mazkur qarori Putinning Ukraina bo‘yicha imkoniyatlari tugayotganidan dalolat berishini aytdi. Xersondan rus qo‘shinlarining chiqib ketishiga Turkiya prezidenti ham munosabat bildirdi. U bu muhim va ijobiy qadam ekanini qayd etdi. NATO bosh kotibi esa Rossiya qo‘shinlarining Xersondan chekinishi Ukrainaning navbatdagi g‘alabasi bo‘lishini aytdi.