Shvetsiya mudofaa vaziri Pol Yonsson Stokgolm tez orada ilg‘or qurol tizimlarini Ukrainaga topshirish to‘g‘risida qaror qabul qilishini ma’lum qildi, deb yozadi “RBK”.
“Biz Ukrainani siyosiy, iqtisodiy va harbiy, jumladan, ilg‘or qurol tizimlari borasida uzoq muddatli qo‘llab-quvvatlashni iloji boricha tezroq yo‘lga qo‘ymoqchimiz”, — dedi Jonson.
Avvalroq Kiyev Stokgolmdan Archer artilleriya tizimini so‘ragan edi. Bundan tashqari, Shvetsiya Buyuk Britaniyada ukrainalik harbiylarni o‘qitishda ishtirok etmoqda va hukumat bu mashg‘ulotlarni 2022-yil oxiridan keyin yanada uzaytirish masalasini ko‘rib chiqmoqda.
Shvetsiya allaqachon Ukrainaga yettita harbiy yordam paketini yetkazib bergan. Ularning oxirgisi 500 million shved kroni (taxminan 48 million dollar) qiymatidagi artilleriya o‘qlaridan iborat edi. Bungacha Stokgolm minadan tozalash uskunalari, tankka qarshi qurollar, pulemyotlar, Robot 17 kemaga qarshi raketalarni yuborgan.
Rossiya hukumati esa Kiyevga qurol yetkazib berilishini qoralab, Ukrainaga berilayotgan harbiy yordam mojaroning cho‘zilishiga olib keladi, deb hisoblamoqda.