Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Namangan viloyati Uychi tumanida 6-noyabr spirtli ichimlik ta’sirida jinoyat sodir etildi, deb xabar bermoqda Tergov departamenti.

Foto: Tergov departamenti

Foto: Tergov departamenti

Qayd etilishicha, shu kuni soat 21:30 larda Uychi tumanda yashovchi T.B. (37 yoshli) tanishlari Q.A., A.M. va D.N. (barchasi 36 yoshda) bilan birga Uychi tuman Sho‘rqishloq ko‘chasida joylashgan N.Sh.ni uyi yonida spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Shu payt Q.A. bilan T.B. traktordan foydalanganlik uchun to‘lov qilish kerakligi bo‘yicha gap tortishib qolgan.

Oqibatda Q.A. yonidagi oshxona pichog‘i bilan T.B.ni chap qorin qismiga bir marotaba urib tan jarohati yetkazgan.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida T.B. “og‘ir” turdagi tan jarohat olgani ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Namangan tumani Uychi tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Q.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov davom etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Global inflyatsiya o‘zining eng yuqori darajasiga yetgan — Financial Times
Madaniyat
Musiqiy chartlarni “portlatgan” albom, 4-farzandini kutayotgan oila va 3-marta turmushga chiqqan Britni Spirs: 2022-yilda Gollivud yulduzlari hayotida sodir bo‘lga...
Dunyo
Global elektron tijorat bozori 2022-yilda 5,8 trln dollarga yetishi kutilmoqda