Shimoliy Koreya Rossiyaga hech qachon qurol eksport qilmagani va bunday qilishni rejalashtirmayotgani haqida ma’lum qildi. Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi Shimoliy Koreya rasmiy OAVlariga tayanib, xabar bermoqda.
“Yana bir bor aniq qilib ta’kidlaymizki, bizda Rossiya bilan hech qachon ‘qurol-yarog‘ bitimlari’ bo‘lmagan va kelajakda ham ularni tuzish rejamiz yo‘q”, — deya KXDR harbiylarining bayonotidan parcha keltirdi agentlik.
Pxenyanning da’vo qilishicha, bunday ta’minotlar haqidagi mish-mishlarni Vashington tarqatmoqda.
Avvalroq Shimoliy Koreya Rossiyada o‘q-dorilar taqchilligi sharoitida unga artilleriya snaryadlarini yashirincha yetkazib berayotganini Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)