O‘zbekiston Markaziy bankida nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellyatsiya kengashi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar bermoqda.
Kengash fuqarolar va kompaniyalar bilan Markaziy bank o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish bilan shug‘ullanadi.
Qayd etilishicha, ushbu kengash O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 17-iyundagi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
Apellyatsiya kengashi Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellyatsiya kengashi to‘g‘risidagi nizom talablariga asosan faoliyat olib boradi, — deyiladi xabarda.
Apellyatsiya kengashi tomonidan fuqarolar va kompaniyalarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risidagi murojaatlar ko‘rib chiqiladi. Keyin esa tegishli xulosa beriladi.
Avvalroq O‘zbekistonda eng yaxshi kiberxavfsizlik tizimiga ega 20 ta tashkilot reytingi e’lon qilingandi. Unda Markaziy bank birinchi o‘rinni egallagan.
Izoh (0)