O‘zbekistonda yanvar—oktabr oylarida budjetga 123,8 trln so‘m soliq tushumlari kelib tushgan. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar bermoqda.
Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,4 trln so‘mga ko‘paygan. Hududiy davlat soliq boshqarmalarida esa tushumlarning o‘sishi 33 foizga yetgani qayd etildi.
Shuningdek, aylanmadan olinadigan soliq tushumlari o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 140 foiz, QQS 133 foiz va foyda solig‘i tushumlari (Navoiy va Olmaliq KMKlaridan tashqari) 156 foizga o‘sgani qayd etilgan.
Bundan tashqari 4-noyabr kuni yo‘l qo‘ygan jiddiy xato kamchiliklari uchun Farg‘ona, Qashqadaryo, Toshkent viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat soliq boshqarmalarining 4 nafar mas’ullari maxsus unvonlaridan mahrum etilgan.
Avvalroq UzAuto Motors yil boshidan beri 358 milliard so‘m soliq to‘lagani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)