“So‘g‘diyona” bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev Jizzax klubini tark etdi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati ma’lum qildi.
Baqoyev “bo‘rilar” boshqaruvida 2019-yildan beri faoliyati yuritib kelayotgandi. 2019-yilgi mavsumda Baqoyev qo‘l ostidagi jamoa Superligada 4-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Keyingi mavsumni esa 6-pog‘onada yakunladi.
2021-yilgi mavsumda esa “So‘g‘diyona” O‘zbekiston chempionatining kumush medaliga ega chiqdi. 2022-yilgi mavsumda OFK Kubogi va O‘zbekiston Kubogida yarim finalga qadar yetib bordi.
Superliga 2022-yilgi mavsumi tugashiga ikki tur qolganda “So‘g‘diyona” 33 ochko bilan 6-pog‘onada bormoqda.
Izoh (0)