Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 13-turida “Yuventus” va “Inter” jamoalari 6-noyabr, yakshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsiz qoldi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Adriyen Rabyo turinliklarni oldinga olib chiqdi. O‘yin yakuniga yaqin Nikolo Fajoli hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi.
Ushbu g‘alaba evaziga “Yuventus” ochkolarini 25 taga yetkazib, 5-o‘ringa ko‘tarildi. “Inter” 24 ochko bilan 7-pog‘onaga tushib ketdi.
13-turdan keyin A Seriya musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:
A Seriya
13-tur bahsi
6-noyabr, yakshanba
“Yuventus” — “Inter” 2:0
Gollar: 1:0 – 52 Rabyo, 2:0 – 84 Fajoli.“Yuventus”: Shchensni, Aleks Sandro, Danilo, Bremer, Kuadrado, Kostich, Rabyo, Lokatelli, Fajoli, Miretti (Di Mariya, 81), Milik (Kyeza, 73).
“Inter”: Onana, Dumfris (Bellanova, 81), de Vrey, Acherbi, Shkrinyar (Darmian, 81), Dimarko (Gozens, 74), Mxitaryan (Brozovich, 81), Chalxono‘g‘lu (Korrea, 74), Barella, Jeko, Martines.
Ogohlantirishlar: Chalxono‘g‘lu (56), Shkrinyar (68), Danilo (77), Shchensni (90).
Izoh (0)