S&P Global Commodity Insights’ning Financial Times hisob-kitoblariga ko‘ra, AQSH davlat neft kompaniyalari ikkinchi va uchinchi choraklarda jami 200,2 milliard dollar foyda ko‘rgan.
Tadqiqotchilar rekord darajadagi o‘sishlarni geosiyosiy beqarorlik tufayli ko‘tarilgan neft bahosi bilan bog‘lashmoqda. Yil oxirigacha bu ko‘rsatkich yanada oshishi kutilmoqda.
Neft kompaniyalarining ortiqcha daromadlari sabab bir qator mamlakatlar ularga nisbatan qo‘shimcha soliq joriy etmoqchi.
Sentabr oyi boshida Yevrokomissiya energetika kompaniyalarining ortiqcha foydasiga qo‘shimcha soliq joriy etish imkoniyatini muhokama qilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Yevropa Ittifoqi rasmiylari bu soliqlardan tushgan mablag‘ni joriy yilda energiya xarajatlarining o‘sishini qoplash uchun ishlatmoqchi.
Ba’zi ekspertlarning ta’kidlashicha, G‘arb neft kompaniyalarining o‘zlari barcha ortiqcha foydani shunchaki uchun saqlab qolish niyatida emas, balki kapital qo‘yilmalar yoki aksiyadorlar uchun dividendlarni oshirish uchun ishlatadi.
Raymond Jeyms investitsiya kompaniyasining hisob-kitoblariga ko‘ra, bu yil dunyodagi 50 ta eng yirik neft kompaniyalari kapital qo‘yilmalar uchun 300 milliard dollargacha to‘lashi kerak.
Avvalroq AQSH neft eksporti rekord darajaga yetgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)