Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Filippinda sodir bo‘lgan “Nalji” tropik bo‘ronidan 4,62 milliondan ortiq odam jabr ko‘rdi, 156 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Xavf-xatarlarning oldini olish va tabiiy ofatlarni bartaraf etish milliy kengashi ma’lum qildi.

Foto: “BelTA”

Foto: “BelTA”

Kengash ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 141 kishi turli tan jarohatlari olgan, 37 kishi bedarak yo‘qolgan.

Bo‘ron 31,5 ming uyga zarar yetkazgan, 3,1 mingdan ortiq bino vayron bo‘lgan. 722 ta infratuzilma obyektiga yetkazilgan zarar 4,3 milliard peso (73,88 million dollar)ga baholanmoqda. 359 ta shaharda elektr ta’minotida uzilishlar qayd etilgan. 522 ta shaharda favqulodda holat joriy etilgan.

“Nalji” tropik bo‘roni Filippin shimoliga qarab ketmoqda, u yerda minglab odamlar suv toshqinlari va ko‘chkilarga moyil bo‘lgan hududlardan oldindan evakuatsiya qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?