Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qirg‘iziston “Kapital-bank”i Rossiyaning MIR to‘lov tizimi kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi, deya xabar bermoqda “Kommersant”. Bu Qirg‘izistonda MIR kartalarini qabul qilishdan bosh tortgan 13-bankdir.

Foto: Trashbox

Foto: Trashbox

Endilikda “Kapital-bank” bankomat va POS terminallarda MIR kartalarini qabul qilmaydi. Shuningdek, Milliy to‘lov kartalari tizimi doirasida ushbu kartalar yordamida mijozlarga o‘tkazmalarga xizmat ko‘rsatmaydi.

So‘nggi ikki oy ichida Qirg‘izistonning bir nechta banklari MIR kartalarini qabul qilishdan bosh tortdi

15-sentabr kuni AQSH Moliya vazirligi Rossiyaning MIR to‘lov tizimini xorijda qo‘llab-quvvatlagani uchun sanksiyalar qo‘llash bilan tahdid qildi. 

Shundan so‘ng MIR kartalariga Turkiya va O‘zbekiston banklari xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi. MIR tizimini joriy etishga va’da bergan Shri-Lanka hukumati oktyabr oyi o‘rtalarida bu g‘oyadan voz kechdi.

Avvalroq O‘zbekistonda MIR kartalariga xizmat ko‘rsatishni qayta tiklash rejalashtirilmayotgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Suriyada ISHID yetakchisi o‘ldirilganini tasdiqladi
Dunyo
AQSH Eron yadro dasturini harbiy yo‘l bilan to‘xtatishga tayyorligini bildirdi
Dunyo
“Oyiga 2,5 ming kishigacha”. AQSH Ukraina harbiylarini o‘qitish dasturini kengaytirmoqchi