Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistondagi “Yagona umumrespublika protsessing markazi” — UzCard MIR to‘lov tizimi kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatdi. Bu haqda UzCard rasmiy saytida xabar berildi

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

UzCard to‘lov tizimi ishtirokchisi tomonidan amalga oshirilayotgan zarur texnik sabablarga ko‘ra, 2022-yil 23-sentabr soat 09:00 dan boshlab MIR kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatadi. 

Shuningdek UzCard—MIR kobeyjing kartalariga xorijda ishlashi ham vaqtincha to‘xtatiladi. 

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, UzCard—MIR kobeyjing kartalari O‘zbekiston hududida odatdagidek ishlashda davom etadi. Ular UzCard to‘lov tizimining butun infratuzilmasi bo‘ylab qabul qilinadi.

Joriy yilning mart oyida UzCard texnik sabablarga ko‘ra MIR kartalariga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatib qo‘ygan edi. Keyinchalik  1-avgustdan MIR kartalaridan pul o‘tkazmalari qayta tiklangan.

Avvalroq O‘zbekistonda MIR kartalariga xizmat ko‘rsatilmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

AQSH MIR kartalari tufayli xorijiy banklar uchun sanksiyalar xavfini e’lon qilgan.

Buning ortidan Turkiyaning ikkita yirik banki MIR kartalari bilan operatsiyalarni to‘xtatgan edi.

Keyinchalik Qozog‘iston va Vyetnam banklari ham MIR kartalariga xizmat ko‘rsatmasligini ma’lum qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonlamoqchiligini ma’lum qildi
Sport
Superligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Mahalliy
Farg‘onada 64 yoshli qaynota kelinini o‘ldirib, marhumaning boshini uzib oldi