Toshkent viloyati Piskent tumani prokuror yordamchisi pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 1-noyabr kuni Toshkent viloyati prokuraturasi va DXX viloyat boshqarmasi tezkor xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda prokuror yordamchisi sudda ko‘rilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha sudya orqali sudlanuvchiga yengil jazo tayinlanishini va’da qilib, evaziga firibgarlik yo‘li bilan 1500 dollarni olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)