• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Bishkekda Kampirobod suv omborining O‘zbekistonga berilishiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi

    Bishkekda Kampirobod suv omborining berib yuborilishiga qarshi tinch namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Marsh ishtirokchilari Ala-Too maydonigacha yurib borib, u yerda suv omborining berilishiga qarshi petitsiyani imzoladi. Bu haqda “24.kg” xabar bermoqda.

    Skrinshot: YouTube

    Skrinshot: YouTube

    Miting chog‘ida ishtirokchilar suv omborini O‘zbekistonga berish haqidagi qarorni bekor qilishga da’vat etuvchi shiorlar tushirilgan plakatlarni ko‘tarib olgan. Yig‘ilganlar, shuningdek, avvalroq qo‘lga olingan faollarni ozod etishni va siyosiy ta’qiblarni to‘xtatishni talab qilgan.

    “Kampirobod bizniki, repressiyalar to‘xtasin!” — degan ishtirokchilar.

    Namoyishchilarning asosiy talablari quyidagilardan iborat bo‘ldi:

    • Kampirobod suv ombori va uning hududi Qirg‘iziston balansida qolishi kerak.
    • Kampirobod suv omborini ayirboshlash, delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha masalalar va ishlar to‘xtatilishi kerak. Bitim ratifikatsiya qilinmasligi kerak.
    • Delimitatsiya va demarkatsiya masalalari bo‘yicha davlat komissiyasi qaytadan tuzilishi kerak.
    • Delimitatsiya va demarkatsiya masalalari bo‘yicha protokollar inventarizatsiya qilinishi kerak va jamoatchilik uchun e’lon qilinishi shart.
    • Siyosiy ta’qiblar zudlik bilan to‘xtatilishi kerak.
    Hujjat prezident ma’muriyatiga, Jogorku Keneshga va vazirlar mahkamasiga taqdim etilishi rejalashtirilmoqda. Ta’kidlanishicha, aksiyada 200 dan 300 nafargacha odam qatnashgan.

    2022-yil 22-oktabr kuni Kampirobod suv omborini qo‘llab-quvvatlovchi qo‘mita tuzilgandi, unga faollar, siyosatchilar va parlament deputatlari kirgan. O‘sha kuniyoq prezident Sadir Japarov “Kabar” agentligiga bergan intervyusida Kampirobod bo‘yicha mitinglar ortida kimlar turgani haqida hukumat ma’lumotga ega ekanini aytgandi.

    23-oktabr kuni ommaviy hibsga olishlar boshlandi. Ommaviy tartibsizliklar uyushtirishga urinishda gumonlanib, 20 dan ortiq siyosatchilar, faollar va blogerlar qo‘lga olindi. Ularning uylarida tintuvlar o‘tkazilgan. 24-oktabr kuni Bishkek sudi ularning ko‘pchiligini 2 oyga hibsga oldi.

    Masala tarixi

    Ikki davlat o‘rtasida 2021-yil mart oyida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, bir qator chegaraoldi uchastkalari, xususan, Ungar-Too tog‘i Qirg‘izistonga o‘tadi. Ushbu hududlar evaziga O‘zbekiston Kampirobod suv omboridan foydalanish huquqini qo‘lga kiritgan. Shahrixonsoy kanali joylashgan 50 gektarlik maydon ham O‘zbekistonga o‘tgan. Qirg‘iziston buning evaziga O‘zgan tumanining chegaraoldi qismidan 50 gektar yer olgan.

    O‘zbekiston nashrlari bu haqda Qirg‘iziston ommaviy axborot vositalari va qo‘shni mamlakatning Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyevga tayanib xabar bergan. O‘zbekiston tomoni Qirg‘iziston bilan erishilgan kelishuvlar haqida batafsil ma’lumot bermagan.

    Qirg‘izistonning Qorasuv tumani Savay qishlog‘i aholisi 2021-yil 14-aprel kuni Kampirobod suv omborining 50 gektari O‘zbekistonga berilishiga qarshi muddatsiz norozilik aksiyasini boshladi. Oqsoqollar hukumatning xatti-harakatlaridan, yer almashish bo‘yicha batafsil axborot yo‘qligidan va bunda mahalliy aholi fikri inobatga olinmaganidan noroziligini bildirgan. Aholining fikricha, bu almashinuv Qirg‘iziston manfaatlariga zarar keltiradigan ko‘rinishda amalga oshirilgan.

    Mavzuga doir:

    • Qirg‘izistonda fermerlar suv tanqisligi tufayli namoyishga chiqdi. Qurg‘oqchilik O‘zbekiston va Qozog‘istonga suv berilayotgani bilan bog‘lanmoqda
    • Sadir Japarov — Kampirobod suv omborining bir qismi O‘zbekistonga berilishiga qarshi namoyishlar haqida
    • Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti bilan telefon suhbatida mart oyida “Toshkentda qabul qilingan majburiyatlarni so‘zsiz bajarish muhim”ligini qayd etdi

    25.10.2022, 09:20   Izoh (0)   21488
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Kiyev ‘iflos bomba’dan foydalanmoqchi emas” — NATO bosh kotibi Rossiyaning iddaolarini bema’nilik deb atadi

    24.10.2022, 23:37

    Rossiya Bosh shtabi rahbari “iflos bomba” tufayli AQSH va Britaniya harbiy amaldorlariga qo‘ng‘iroq qildi

    24.10.2022, 23:21

    G‘arb ‘qizil chiziq’ning kengligini o‘lchamasligi kerak” — Mariya Zaxarova

    24.10.2022, 23:07

    “Rossiyada mamlakatni tark etgan mualliflarning asarlarini taqiqlash tendensiyasi yo‘q” — Peskov

    24.10.2022, 22:45

    Kursk ma’muriyati viloyat markazlari o‘qqa tutilish ehtimoli sababli xandaqlar tayyorlashga chaqirdi

    24.10.2022, 22:21

    Putin Burundi sobiq vitse-prezidentiga Rossiya fuqaroligini berdi

    24.10.2022, 21:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tesla kompaniyasi avtopilot tizimi bilan bog‘liq o‘lim bo‘yicha sudlanadi

    Dunyo | 15 iyul, 03:39

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.