Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi Chempionlar Ligasi 6-turi doirasida kechadigan “Viktoriya Plzen”ga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlarini bildirar ekan, musobaqadagi muvaffaqiyatsiz ishtirok haqida gapirdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images
Biz o‘zimiz uni qo‘ldan chiqardik. Imkoniyat bor edi, ammo xatolarimiz, yoqimsiz vaziyatlar va hakamlar qarorlari tufayli u bizni chetlab o‘tdi.

Myunxenda yaxshi o‘yin ko‘rsatib, gol ura olmadik, “Inter”ga qarshi o‘yinni nazorat qilib, durang o‘ynadik. Barchasi o‘zimizga bog‘liq edi.

Biz endi hech narsa uchun kurashmayapmiz, biroq “Viktoriya”ga qarshi bahs baribir muhim bo‘lib qoladi. Chempionlar Ligasini ijobiy notada yakunlamoqchimiz.

Bizga tajriba yetishmayapti. Yosh futbolchilarimiz ko‘p va so‘nggi yillardagi eng qiyin guruhga tushib qoldik. Jarohatlarimiz ham bor edi, albatta, bu o‘zimizni oqlash uchun sabab bo‘lmaydi, ammo u ham xalaqit berdi.

O‘tgan yilgi tarkibga hurmat saqlagan holda aytamanki, joriy mavsum tarkibni kuchaytirdik va Yevropada o‘zimizni yaxshi tomondan ko‘rsata oldik. Lekin vazifani uddalay olmadik.

Vaziyatga ijobiy yondashaman. Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz deb o‘ylayman, faqatgina vaqt kerak.

2023-yilda albatta nimadir qo‘lga kiritamiz. Keling, variantlarimiz qanday ekanligini bilish uchun 2023-yilga qadar kutamiz.

La Ligada yaxshi harakat qilyapmiz. Chempionlar Ligasining eng qiyin guruhida garchi muvaffaqiyatsiz bo‘lsa-da, kurashishga harakat qildik.

O‘yin rejasiga keladigan bo‘lsak, kutganimizdan kamroq bo‘lsa ham oldinga qadam tashlay oldik. Xotirjamlikni saqlagan holda ishlashda davom etish lozim.

Xavi, “Barselona” bosh murabbiyi

Kataloniyaliklar “Bavariya”, “Inter” va “Viktoriya” bilan bir guruhga tushib, ortda qolgan 5 turdan so‘ng 4 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi. “Ko‘k-anorranglilar” pley-off yo‘llanmasini qo‘ldan chiqargan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH osmonida razvedkachi havo shari aniqlandi. Pentagon sharni Xitoyga tegishli deb hisoblamoqda (video)
Mahalliy
O‘zbekistonning qator hududlarida 4-fevral kuni ham yomg‘ir yog‘adi
Kino
Kino ijodkorlar tomonidan ishora qilingan, ammo ko‘pchilik payqamagan mashhur filmlardagi detallar (foto)