Rossiyalik MMA jangchisi Aleksandr Pisarev 33 yoshida olamdan o‘tdi.
Sportchi oqshomni rafiqasi va do‘stlari davrasida o‘tkazgan. Pisarevning rafiqasi so‘zlariga ko‘ra, ular birgalikda tarvuz iste’mol qilgan. Shundan so‘ng qorin sohasida og‘riq his qilgan.
Tez yordam Pisarevlar oilasi xonadoniga ikki marta tashrif buyurgan. Natijada Aleksandr vafot etgan va uning rafiqasi shifoxonaga yotqizilgan.
“Dastlabki tashxis — oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi zaharli moddalarning toksik ta’siri”, — deyiladi manbada. Tibbiy tekshiruv natijalariga ko‘ra shunday xulosaga kelingan.
Pisarevning rafiqasi bir kun oldin do‘stlari bilan birga sharob ichgani va quritilgan qo‘ziqorin iste’mol qilishganini aytib o‘tgan. Shu ham zaharlanishga sabab bo‘lib, Aleksandrning o‘limiga sababchi bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Aleksandr Pisarevning surunkali kasalliklari bo‘lmagan. Biroq so‘nggi vaqtlar oktagonga chiqmagan. Pisarevning oxirgi jangi 2020-yil fevral oyida Maksim Usoyanga qarshi bo‘lib o‘tgan. O‘shanda Aleksandr vatandoshiga imkoniyatni boy bergan.
33 yoshli marhum MMA’da 5 ta jang o‘tkazgan va 3 ta g‘alabaga erishgan. Qolgan 2 ta jangida mag‘lubiyatga uchragan. Pisarev AMC Fight Global va RCC turnirlarida ishtirok etgan.
Izoh (0)