Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2022-yilning yanvar—sentabr oylarida 38 ta xorijiy davlatdan qiymati 12,1 million dollarga teng bo‘lgan 2,7 million juft oyoq kiyimlarini import qildi.
Oyoq kiyimlari importi hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 32,5 ming juftga kamaygan. 2022-yilning 9 oyida O‘zbekiston eng ko‘p oyoq kiyimlari import qilgan davlatlar:
- Xitoy – 1,6 mln. juft;
- Turkiya – 877,6 ming juft;
- Vyetnam – 35,1 ming juft;
- Rossiya – 31,9 ming juft;
- Indoneziya – 14,6 ming juft;
- Italiya – 10,3 ming juft;
- Chexiya – 7,5 ming juft;
- Hindiston – 5,4 ming juft;
- Ispaniya – 2,7 ming juft;
- Portugaliya – 2,7 ming juft;
- Germaniya – 1,1 ming juft.
Izoh (0)