Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hindiston mamlakatda ishlab chiqarilgan shakar eksportiga cheklovlarni 2023-yil oktabrigacha uzaytirdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Shunday qilib, Hindiston hukumati tomonidan joriy yilning 1-iyunidan shakar eksportiga kiritilgan cheklovlar yana bir yilga uzaytirildi.

Keyin “ichki bozorda shakar mavjudligi va uning barqaror narxini saqlab qolish uchun” ushbu mahsulotni 10 million tonnagacha eksport qilishga ruxsat berildi.

Buyurtmalar 31-oktabrgacha amal qiladi. Mamlakatda bu yil shakar eksporti olti yil ichida birinchi marta qisqartirildi.

Hindiston Sanoat va savdo vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021—2022 marketing yilida (sentabrda yakunlangan) Hindistonda rekord miqdorda shakarqamish yig‘ib olingan — 50 million tonnadan ortiq va 35,7 million tonna shakar ishlab chiqarilgan.

Hindiston dunyodagi eng yirik shakar ishlab chiqaruvchisi. Indoneziya, Afg‘oniston, Shri-Lanka, Bangladesh, BAA, Malayziya va afrikalik hamkorlar uning ushbu turdagi mahsulotning asosiy importchilari hisoblanadi.

Buning O‘zbekistonga ta’siri qanday?

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar—sentabr oylarida O‘zbekiston 10 ta xorijiy davlatlardan qiymati 33,2 mln dollarlik 48,6 ming tonna shakar import qilgan.

O‘tgan 9 oy davomida O‘zbekiston eng ko‘p shakarni Hindistondan import qilgan — 24 ming tonna. Keyingi o‘rinlarda Pokiston (11 ming tonna) va BAA (6,8 ming tonna) joylashgan.

Hindistonning ushbu taqiqidan so‘ng, kelgusi bir yil ichida O‘zbekiston shakar importidagi asosiy hamkorini yo‘qotadi.

Bu fonda mamlakatda mahalliy shakar ishlab chiqarish ortib bormoqda — O‘zbekistonda ikkita zavod bor, biroq ular xomashyoga muhtoj.

Avvalroq O‘zbekiston Ukraina va Rossiya shakarisiz qolgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)