Polsha hukumati Rossiya fuqarolari uchun mamlakatda ishga joylashishning soddalashtirilgan tartibini bekor qildi. Bu haqda Polsha matbuot agentligiga Oila ishlari va ijtimoiy siyosat vaziri Marlena Malong ma’lum qildi, deb yozadi Meduza.
Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, bunday qaror Ukrainadagi urush va Rossiyadan ommaviy migratsiya xavfi kuchaygani sabab qabul qilingan.
Soddalashtirilgan tartibda ishga olingan rossiyaliklar esa mehnat uchun ruxsatnoma muddati tugaguncha ishlashda davom etishlari mumkin.
Joriy yilning yozidagi hisob-kitoblarga ko‘ra, 13 ming rossiyalik Polshada soddalashtirilgan tartib asosida ishlab kelgan.
Endi Polshada soddalashtirilgan tartibda faqatgina Armaniston, Belarus, Gruziya, Moldova va Ukraina fuqarolari ishga joylashishi mumkin.
Izoh (0)