Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda norasmiy daromadga ega aholiga ham ipoteka krediti berish tartibi joriy etiladi. Bu haqda Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov jurnalistlar bilan muloqotda ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Mamarizo Nurmurodov Foto: “Daryo” muxbiri.

Mamarizo Nurmurodov Foto: “Daryo” muxbiri.

Mamarizo Nurmurodovning aytishicha, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda mazkur tizimni yaratish ishlari bajarilmoqda.

“Bugungi kunda aholining qarz yuki xatarli emas. Faqatgina bitta o‘ylantiradigan holat bor: normativ tartiblarda ipoteka krediti berayotganda aholi daromadining kreditni qoplashga yetadigan qismi 50 foizdan oshmasligi kerakligi belgilangan. Bugungi kunda subsidiya olayotgan fuqarolarga o‘sha normadan chiqishga to‘g‘ri kelyapti.

Lekin prezidentimizdan ipoteka bozorini kengaytirish va norasmiy daromadga ega aholiga ham ipoteka kreditlari ajratish sharoitini yaratish bo‘yicha topshiriq bo‘lgan. Masalan, nonvoy. U hech qayerdan oylik olmaydi. Hozir biz Davlat statistika qo‘mitasi va Mehnat vazirligi bilan shunday aholi vakillarini ham ipoteka kreditidan foydalanishiga sharoit yaratish bo‘yicha ishlayapmiz. Oddiyroq qilib aytganda, qarz yukida u qadar xavf yo‘q deyilganining sababi bizda davlatdan, xo‘jalik subyekatlaridan oylik oladigan odamlarning norasmiy daromad manbalari ham bor. Masalan, ularning oilasidagi kimdirning yoki boshqa daromad manbalari mavjud. Shuning uchun hozir aholi qarz yukining oshib ketayotganini ko‘rmayapmiz”, – dedi Markaziy bank rahbari.

Avvalroq Mamarizo Nurmurodov O‘zbekiston Markaziy banki Belarusning bozordagi narxlarni oshirishni taqiqlash siyosatiga salbiy munosabatda ekanini ma’lum qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
MIB: Ijro hujjatlarini qaytarishdan byuro organlari manfaatdor emas
Sport
Rasman: Neyt Dias UFC’ni tark etdi
Mahalliy
Toshkent yerusti metrosining 19 ta bekati nomi o‘zgaradi