Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent–Sharm ash-Shayx–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar soni oshirilganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, hozirda Misrdagi kurort shahriga qatnovlar haftada 1 marta – shanba kunlari amalga oshirilmoqda. Uzbekistan Airways joriy yilning 23-noyabrdan ushbu xalqaro yo‘nalishda chorshanba kunlari qo‘shimcha qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.
Toshkent–Sharm-ash-Shayx yo‘nalishidagi chiptalar narxi 2 396 845 so‘mdan, Toshkent–Sharm-ash-Shayx–Toshkent yo‘nalishidagi aviachiptalar narxi esa 4 412 808 so‘mdan boshlanadi.
Narxlar 24-oktabr holatiga ko‘ra amal qiladi.
Izoh (0)