• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Puli yo‘q odam ko‘r bo‘lib qolmasligi kerak” — ko‘z shifokori Hikmatullo Sodiqov bilan suhbat (video)

    “Daryo” tahririyati o‘z qadriyatlaridan kelib chiqqan holda, jamiyat uchun, xususan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan qatlamga beg‘araz yordam qo‘lini cho‘zayotgan saxovatpesha insonlar hayoti va faoliyatini ko‘pchilikka namuna sifatida ko‘rsatishdan mamnun.

    Ana shunday insonlardan biri, “Ko‘z nuri” klinikasi bosh shifokori, oliy toifali oftalmolog Hikmatullo Sodiqov bilan hayoti, tibbiyot sohasiga kirib kelishi va xayriya ishlari haqida suhbatlashdik.

    Qahramonimiz Toshkent shahri, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlaridagi klinikalarda haftaning ikki kunida moddiy imkoniyati cheklangan pensioner va nafaqaxo‘rlarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni yo‘lga qo‘ygan.

    Hakimlik

    Katta bobom umumiy tabib bo‘lgan. Ular shamollash bo‘ladimi, tilni kasalligi bo‘ladimi barchasini qo‘llaridan kelgancha davolagan. Oyim ko‘z shifokori, dadam optika sohasida ishlagan.

    Kichkinaligimizdan uyga bemorlar kelardi. Ko‘ziga dori tomizib qo‘yardik. Ko‘ziga nimadir kirsa uni olishga yordam qilardik. Katta bo‘lganingda kim bo‘lasan desa ko‘z shifokori bo‘laman derdim. Institutda shu sohada tahsil olib, ko‘z kasalliklari sohasiga sekin-astalik bilan kirib keldim.

    Hikmatullo Sodiqov

    Hikmatullo Sodiqov
    Foto: “Daryo” / Ma'murjon Obrahmatov

    Niyat qilganmiz

    O‘zimizni xususiy klinikamiz bo‘lsa, imkoniyati yo‘q bemorlarga yoki imkoniyati cheklangan bemorlarga yordam qilish niyatim bor edi. Har xil bemorni ko‘rasiz, ko‘pincha moddiy imkoniyati kamroq bemorlar xususiy shifoxonaga kelishga qo‘rqadi. Biladiki, kelishi bilan aniq summa aytiladi: buncha tekshirishga, shuncha analizga va yana shuncha summa operatsiyaga to‘laysiz, deb aniq aytiladi. Imkoniyati bor bemor qiynalmaydi, lekin kambag‘al bemor eshikdan kirishga qo‘rqadi. Hozir ham shunday.

    Imkoniyati yo‘q odam davlat kasalxonasiga borishga harakat qiladi. Xususiyga uncha-munchasi puli bo‘lmasa kirmaydi. Shunday bo‘lib qolgan. Shuning uchun biz sharoiti og‘ir, imkoniyati cheklangan pensioner va nafaqaxo‘rlarga bepul tibbiy ko‘rikni yo‘lga qo‘ydik.

    Imkoniyati yo‘q bemor keladi, ko‘zini operatsiya qildirishi kerak, shu orqali tuzaladi, yaxshi ko‘rib ketadi. Bemor oyligimni olishim kerak yoki pensiyamni kutyapman, deb gap boshlaydi. Ko‘rib, gaplashib imkoniyati yo‘qligini bilasiz. Qo‘ldan kelgancha klinikaning operatsiya uchun ketadigan xarajatini hisoblab, bemorlarga to‘liq chegirma qilamiz. Hatto ba’zi bemorlar mana shu eng kam summani ham to‘lay olmaydi. Lozim topsak butunlay bepul operatsiyalarni o‘tkazamiz. Bunday qilishimizning sababi puli yo‘q bemor ko‘r bo‘lib qolmasligi kerak.

    Foto: “Daryo”

    Imkoniyati bor odam pulni to‘laydi, lekin imkoniyati yo‘q odam yillab kutaveradi. Sekin-sekin operatsiya orqali ko‘zni asl holiga qaytarib bo‘lmaydigan darajagacha borib qoladi. Shuning uchun biz yiliga bir qancha bemorlarda shunday operatsiyalarni o‘tkazamiz. Har safar operatsiyalarimiz orasiga nechadir foiz, ba’zida 10 yoki 20 foiz bemorda bepul yoki maksimal chegirma qilib operatsiyalarni o‘tkazib beramiz. Bemorni o‘zi biladi, biz bilamiz. Hattoki yon atrofdagi, o‘zimizda ishlaydigan shifokorlarimizga ham aytmaslikka harakat qilamiz. Chunki savobdan umidvorligimiz bor.

    Ba’zi kasalliklar bor oldini olish va erta aniqlash kerak. Uni aniqlash uchun vaqtliroq tekshirish lozim. Imkoniyati yo‘q bemorlar tekshirishga kelolmaydi. Masalan, oddiy to‘liq tekshirish uchun hozir o‘rtacha 100 ming so‘m ketadi. Shunga ham imkoniyati yetmaydi. Shuni hisobga olib haftaning 2 kunida sharoiti og‘ir pensioner va nafaqaxo‘rlarni bepul ko‘rikdan o‘tkazishni yo‘lga qo‘ydik. Shu orqali glaukomani erta aniqlash, kataraktaning oldini olish kabi vazifalarni o‘z oldimizga qo‘yganmiz.

    Foto: “Daryo”

    Qaytayotgan yaxshilik

    Ota-onamiz oddiy odamlar. Ular puldor emas. To‘rt nafar talabani o‘qitishgan. Biz budjet asosida o‘qiganmiz, shartnoma asosida o‘qishga imkoniyatimiz bo‘lmagan.

    O‘sha paytlarda odamlar ishimizda, o‘qishimizda ko‘p yordam qilgan. Shu narsani hech qachon unutmayman. Va hozir ham klinika ochishimizda va undan oldin ham bizga ko‘mak berib turgan odamlar bor. Shunchaki ishonch hisobiga katta-katta texnikalarni biz uchun olib berishdi. Pulini ham imkoning bo‘lganda berasan, deb bizga yordam qilishmoqda.

    Yana bir yangi katta uskuna olyapmiz. O‘zbekistonda hozircha bitta bor. Bizniki ikkinchisi bo‘ladi. O‘shani olganimizdan keyin, bizga yanada imkoniyat kengayadi. Bemorlarga yordam qilish darajamiz keskin oshadi. Va o‘ylaymanki, yaqin besh yilliklarda biz katarakta operatsiyasini o‘ta darajada narxini tushirib tashlaymiz. U tomonlama biz pul topishni to‘xtatamiz. Bunga uzog‘i besh yil qoldi.

    Sug‘urta kerak

    Boshqa davlatlar mislida oladigan bo‘lsak, ularning ko‘pchiligida sug‘urta kompaniyalar yaxshi rivojlangan. Ya’ni yoshligida sug‘urta qilinadi. Masalan, bemorning ko‘zida katarakta kasalligi bo‘lsa, navbatga qo‘yilib, operatsiya qilinadi. Operatsiyaga pul to‘lamaydi. Yoshi katta odamlar qiynalmaydi. Bizda aksar qariyalarning pensiyasi arzimagan pul. Operatsiya esa falon pul. Bu bemorlarga qiyinchilik tug‘diradi.

    Mamnuniyat

    Bugun bemorlardan biri keldi. Uni ikkita ko‘zi ham ko‘rmasdi. Hozir ikkalasi ham ko‘ryapti. Ko‘zini orqasi yaxshi emas, 5 foiz atrofida ko‘rib turibdi. Lekin bemor shu narsa uchun ham juda mamnun. Besh foiz ko‘rish biz uchun juda katta narsa emas, lekin bemor uchun bu juda katta narsa. «Men bolalarimni sochini ko‘ryapman. Sochlarini to‘g‘rilab qo‘yyapman”, dedi bemor. Shunday paytlarda tomog‘ingizga nimadir tiqiladi, to‘lib ketasiz...

    Foto: “Daryo”

    Dard yuqadi

    Har kuni bemorlarni dardini ichingizga olsangiz, kasal bo‘lib qolasiz. Bemorlar bilan ishlab, orada operatsiyalarni o‘tkazganingizdan keyin, albatta, kechga borib suv havzasida cho‘milish kerak. Nazarimda charchoqlarni suv oladi. Shuningdek, yaxshi bo‘layotgan bemorlarimizni sizga aytayotgan rahmati ham charchoqlarni yuvib ketadi, yengil tortasiz.

    Qorilik ilinji...

    Shifokorlar juda katta pul topmaydi. Aksari bemorning rahmati uchun yashaydi. Ular katta-katta summa oladigan biznesmen emas. Shifokorlarning ichida sanoqlisini imkoniyati zo‘r bo‘ladi. Ko‘pchiligi oylikka yashaydi yoki qandaydir bemorlar beradigan arzimagan summa uchun yashaydi. Kasbi bo‘yicha boshqa davlatda yaxshiroq pul topishini bilsa-da, o‘z davlatiga, yurtiga o‘rgangan. Ota-onasi, bola-chaqasi shu yerda. Iloji bori shu yerda qoladi.

    Yaxshi shifokorga chet elda mo‘may daromadli ishga taklif bo‘lishi oddiy holat. Masalan, hozirgi paytda Rossiyaga borib ishlashimga bemalol yo‘l ochiq. U yerga borib, operatsiyalarimni o‘tkazib, bu yerdan yaxshiroq pul topishim mumkin. Yon atrofdagi qo‘shni respublikalarni aytmasa ham bo‘ladi. Keyin arab davlatlari ham bor. Ularning ham to‘laydigan summasi biznikidan bir necha barobar katta. Lekin biz bu yerda katta tizimni tashkil qilish uchun harakat qilyapmiz. O‘z oilangizni, yurtingizni, asosiysi mehnatni shu yerda qilib, bemorlar shu yerda tuzalishiga imkon yaratib yurganingiz u yoqdan ko‘ra men uchun ancha yaxshiroq.

    Aslida, men Misrga borib islom dini bo‘yicha o‘qib, qori maqomiga ega bo‘lib qaytishni xohlayman. Lekin u narsani qilsam, bu yerdagi hamma ishlarim to‘xtaydi. Kecha fiqh olimi bilan gaplashdik, “To‘g‘ri yurib, namozingni o‘qib, to‘g‘ri ishlab, odamlarga yordam qilsang, o‘sha seni qori bo‘lganingdan ko‘ra savobliroq” deb tushuntirib berdi...

    Mavzuga doir:

    • “Bolangizni qachon to‘liq tekshiruvdan o‘tkazdingiz, degan savol ko‘pincha javobsiz qoladi” — oliy toifali ko‘z shifokori Hikmatullo Sodiqov (video)
    • “Bemorlarimga biologik faol qo‘shimchalardan foydalanmaslikni maslahat beraman” — oliy toifali ko‘z shifokori Hikmatullo Sodiqov

    25.10.2022, 17:12   Izoh (0)   8189
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoda 5 ta yo‘nalishda erishilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab berdi

    25.10.2022, 17:09

    O‘zbekistonda 9 oyda 1629 o‘ringa mo‘ljallangan kasalxonalar ishga tushirildi

    25.10.2022, 17:02

    Shavkat Mirziyoyev To‘qayevga Respublika kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi

    25.10.2022, 16:56

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi to‘rt kunlik pastlashdan so‘ng ko‘tarildi

    25.10.2022, 16:27

    Navoiy va Qashqadaryoda pul evaziga “prava” olib beruvchi yana uch kishi qo‘lga tushdi

    25.10.2022, 16:18

    Foto: Nukusda quyosh tutilishi kuzatilmoqda

    25.10.2022, 15:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonlik instabloger sahifasidagi folloverlari soni kamaygani tufayli o‘z joniga qasd qildi

    Layfstayl | 10 may, 23:30

    O‘zbekistonda bir yilda tadqiqotlar uchun qancha pul ajratilgani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 23:10

    O‘zbekiston va Rossiya harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

    O‘zbekiston | 10 may, 22:45

    Superliga. “Paxtakor” Toshkentda “Buxoro”ni tor-mor etdi

    Sport | 10 may, 22:27

    Dunyoga mashhur videobloger Mr Beast o‘zbek tilini biladigan koordinator izlamoqda

    O‘zbekiston | 10 may, 22:25

    Yulduzlardan ko‘proq topadi: Zendaya, Beyonse va Rianna stilistlarining gonorari qancha?

    Layfstayl | 10 may, 22:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.