Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

2022-yilning yanvar—sentabr oylari davomida Ozbekistondan xorijiy mamlakatlarga umumiy qiymati 760,2 million dollarga teng bo‘lgan 1,23 million tonna meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan. Bu haqda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bu esa 2021-yilning shu davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 21,7 foiz ko‘p demakdir.

Meva-sabzavotlar eksportida qiymat jihatidan eng katta ulushni uzum (mayiz qo‘shgan holda) — 21,2 foiz, shaftoli — 9 foiz, mosh — 6,1 foiz, pomidor — 5,9 foiz, qovun va tarvuz — 4,7 foiz, gilos — 4,4 foiz, karam — 4,3 foiz, piyoz — 3,8 foiz egallaydi.

Foto: PMTI

Foto: PMTI

2022-yilning yanvar—sentabr oylarida eksportning umumiy hajmida meva-sabzavotlar ulushi 5,4 foizni tashkil etgan.

O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy import qiluvchilari Rossiya (44,4 foiz), Qozog‘iston (21 foiz), Xitoy (6,8 foiz), Pokiston (6,4 foiz), Qirg‘iziston (4,4 foiz), Afg‘oniston (2,6 foiz), Turkiya (2,3 foiz), Belarus (1,9 foiz), Eron (1,3 foiz), Ozarbayjon (1 foiz) hisoblanadi.

Avvalroq O‘zbekiston bozorlarida oktabr oyidagi narxlar qanday ozgarayotgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Prava”ni yangisiga almashtirib beradigan onlayn xizmat faoliyatida nosozlik kuzatilmoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda gaz zapravkalar qayta ochilishi kutilmoqda
Dunyo
Rossiya Belarusga yangi harbiy qismlar joylashtirdi — Ukraina chegara xizmati