“Qora Adam” kassasi Gollivudning taniqli aktyori Dueyn Jonson uchun shaxsiy rekord o‘rnatdi, deb yozadi “Film.ru”.
Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, oxir oqibat Warner Bros. Discovery’ga Supermen emas, balki Qora Adam kerak edi. Film mahalliy prokatning birinchi kunidayoq 26,8 million dollar to‘pladi va bu kartina Dueyn Jonson karyerasidagi eng yaxshi natijaga aylandi.
Taxminlarga ko‘ra, debyut kartina hafta oxirigacha 60-63 million dollar ishlab topadi. Qolaversa, u hali tomoshabin va tanqidchilar tomonidan bildiriladigan sharhlarsiz hozirda Rotten Tomatoes reytingida 5,2 / 10 va Cinemascore’da o‘rtacha B+ reytingiga ega. Ehtimol, “Qora Adam” yana bir nechta rekordlarni o‘rnatib, kassalarda muvaffaqiyat qozonar.
Izoh (0)