“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar qildi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston hamda Koreya Respublikasi hukumati o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi javob choralarini ko‘rishda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlangan.
Mazkur bitim 2021-yil 17-dekabr kuni Seul shahrida imzolangan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar etib belgilangan.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.
Izoh (0)