Shavkat Mirziyoyev 20—21-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Turkmanistonga boradi. Bu haqda Turkmaniston prezidenti raisligida o‘tkazilgan hukumat yig‘ilishida ma’lum bo‘ldi.
Tashrif doirasida ikki tomonlama hujjatlar to‘plami imzolanishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Ashxobodda “Toshkent” istirohat bog‘i ochiladi va O‘zbekiston—Turkmaniston chegara zonasini tashkil etish masalasi muhokama qilinadi.
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov hukumat yig‘ilishida strategik xususiyatga ega bo‘lgan o‘zaro manfaatli Turkmaniston—O‘zbekiston hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan navbatdagi muzokaralar muhimligini qayd etib, bo‘lajak rasmiy tashrif va uning doirasida rejalashtirilgan tadbirlarni yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazish bo‘yicha topshiriq bergan.
Izoh (0)