• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Texasda ayollarni yomon ko‘rgani uchun qirg‘in uyushtirgan erkak, Xitoyning birinchi atom bombasi va Chili diktatori Pinochetning hibsga olinishi. Kun xronologiyasida 16-oktabr

    16-oktabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan aql bovar qilmas tezlikda atom bombasini yaratgan Xitoy, ayollarni yomon ko‘rgani uchun Texasdagi kafeda qirg‘in uyushtirgan erkak va diktator Augusto Pinochetning hibsga olinishiga oid faktlar o‘rin olgan.

    Xrushchyovga qarshi: atom bombasini sinovdan o‘tkazgan xitoyliklar

    1964-yilning 16-oktabr kuni Xitoy birinchi yadroviy qurolini sinovdan o‘tkazgan edi. Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatidagi Lobnor ko‘li yonidagi poligonda atom bomba portlatilgan. SSSR va AQSHdan farqli o‘laroq, Xitoy birinchi testlarda Uran-235 dan foydalangan, plutoniydan esa hisob bo‘yicha sinovlarning sakkizinchisidan boshlangan.

    Foto: Wikimedia Commons

    Yadroviy qurolni rivojlantirish dasturi Xitoyda 1955-yilning yanvarida qabul qilingan va avvaliga Sovet Ittifoqi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Mamlakat rahbari Nikita Xrushchyov o‘sha vaqtda do‘stona davlatga atom energetikasi va yadroviy fizika borasidagi tadqiqotlarga yordam berishga rozi bo‘lgan.

    Xitoyliklar 1954-yilning 14-sentabr kuni Totskiy poligonida sinovdan o‘tkazilgan atom bombasi sinovidan rosa hayratga tushgandi. Shu yilning o‘zida Mao Szedun Xrushchyovga uning sirini va yangi turdagi ommaviy qirg‘in qurolini ishlab chiqarishda yordam so‘rab murojaat qilgan. Yadro loyihasining asosiy qahramonlaridan biri 1930-yillar oxirida Parijda o‘qib kelgan olim Syan Senchjyan edi.

    1958-yil oxiriga qadar Xitoy va SSSR oltita ikki tomonlama kelishuv imzolagan. Ko‘p sonli xitoylik olimlar guruhi Dubnadagi Birlashgan yadroviy tadqiqotlar institutida o‘qishga yetib kelgan. Ikki davlat o‘rtasidagi kelishmovchilikka qadar Sovet Ittifoqi 6 mingga yaqin mutaxassisni tayyorlagan.

    Bir vaqtning o‘zida Pekin atom energetikasi va fizika institutida ustuvor vazifa yadroviy qurolni ishlab chiqarishga o‘zgartirilgan. Uni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmani imzolagan Mao Szedun atom bombasisiz dunyo hamjamiyatida Xitoyni hech kim jiddiy qabul qilmasligini aytgan. Ushbu fikr Tayvan ko‘rfazidagi birinchi inqiroz sabab yanada mustahkamlangan.

    Foto: Wikimedia Commons

    1957-yilning 15-oktabr kuni SSSR Xitoyga atom bombasi va uni tayyorlash bo‘yicha texnik ma’lumotlarni taqdim etuvchi yangi Mudofaa texnologiyalarini imzolashga rozi bo‘lgan. Moskva yordamida Pekin uran, siklotron va boshqa vositalar bazasida tajriba yadroviy reaktorini yaratgan. Sovet Ittifoqining Xitoy loyihasini qo‘llab-quvvatlovi 1950-yillar oxirida ikki mamlakat o‘rtasida kelishmovchilik sabab “muzlatilgan”.

    Yaqin kelajakda inqirozdan chiqishning iloji yo‘qligi ayon bo‘lgach, SSSR o‘zining ilmiy konsultantlarini chaqirib olgan. Xitoyni atom bombasi uchun texnik qismlar bilan ta’minlash to‘xtatilgan, ammo ular mustaqil ravishda ishlashni davom ettirgan. Endilikda AQSHdan tashqari, Sovet Ittifoqi ham potensial dushman sifatida qarala boshlangan.

    Xitoyning birinchi atom bombasi uran-235 elementi asosida yaratilgan bo‘lib, quvvati 22 kilotonnani tashkil etgan. Dastlabki sinovga 596 — Xrushchyov Xitoyni yadro loyihasi bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash rasman to‘xtatilishi e’lon qilingan oy (iyun) va yil (1959) sharafiga qo‘yilgan. Xitoy ushbu g‘oyani amalga oshirish uchun besh yil vaqt sarflagan.

    Atom bombasining portlashi 1964-yilning 16-oktabr kuni Lobnor ko‘li qirg‘og‘idagi poligonda amalga oshirilgan. Taqdir hazili bilan avvaliga Xitoyning yadroviy loyihasini qo‘llab, keyinchalik unga qarshi bo‘lgan sovet yetakchisi Xrushchyov ikki kun oldin SSSR rahbarligidan ketgandi.

    Foto: Wikimedia Commons

    G‘arb ekspertlarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Xitoy mazkur dastur uchun 4,1 milliard dollar sarflagan. 596 sonli yadroviy sinov AQSH uchun kutilmagan bo‘lgan. Amerika razvedkachilari xitoyliklar bunchalik tez yadroviy bombani yaratishiga ishonmagan, chunki plutoniyli texnologiyani takomillashtirish uchun ancha vaqt talab etilgan. Amerika tomoni urandan foydalanish ehtimolini hisobga olmagan. Shunday qilib Xitoy AQSH, SSSR, Buyuk Britaniya va Fransiyadan keyingi dunyodagi beshinchi yadroviy derjavaga aylangan. Shu kuni Xitoy hukumati yadroviy quroldan birinchi bo‘lib foydalanmasligini, faqat mudofaa sifatida qo‘llashini rasman e’lon qilgan.

    Foto: Wikimedia Commons

    Xitoy muvaffaqiyatli sinovdan keyin yadroviy raketani yaratgan, 1965-yilda birinchi atom bombani samolyotdan tashlagan, 1967-yilda vodorod bombani sinagan. 1980-yilda Pekin atmosferada yadroviy sinovni o‘tkazgan: qolgan barcha sinovlar yer ostida o‘tkazilgan. 1996-yilning 24-sentabrida Xitoy yadroviy sinovlar o‘tkazish borasidagi har tomonlama bitimni imzolagan. Lobnor ko‘li yaqinidagi poligonda jami 45 ta sinov o‘tkazilgan — 23 tasi atmosferada va 22 tasi yer ostida.

    Lubi qahvaxonasidagi qirg‘in

    Lubidagi qirg‘in — Texas shtatidagi Killing shahrida joylashgan Lubi qahvaxonasida 1991-yilning 16-oktabr kuni yuz bergan otishmada 23 kishi halok bo‘lgan va yana 27 kishi jarohat olgan edi. Hujumni uyushtirgan Jord Gennard o‘zining pikapida restoranga bostirib kirgan. Politsiyaga taslim bo‘lishni istamagan Gennard o‘zini o‘zi otib o‘ldirgan. Mazkur ko‘ngilsiz hodisa AQSH tarixida 2007-yilgacha — Virjiniya politexnika institutidagi otishmaga qadar eng ommaviy qirg‘in hisoblanib kelingan.

    Foto: ABC13

    Shu kuni ishsiz, oldinlari savdo flotida ishlagan 35 yoshli Jorj Gennard ko‘k rangli Ford Ranger pikapida Lubi qahvaxonasiga bostirib kirgan. U “Killin va Beltondagi barcha ayollar — ilon! Bu men va oila uchun qilgan ishlaringga! Bu Bell men bilan qilgan ish uchun… bugun orani ochiq qiladigan kun. Okrug Bell mana menga nimalar qildi!” deya baqirgan. Shundan keyin tashrif buyurganlar va xodimlarga qarata Glock 17 va Ruger P89 pistoletlaridan o‘q uza boshlagan. U 23 kishini ta’qib qilib o‘ldirgan, ulardan o‘n nafarining boshiga o‘q uzilgan, yana 27 kishi jarohat olgan. O‘sha vaqtda qahvaxonada 140 kishi bo‘lgan.

    16-oktabrda “Rahbar kuni” nishonlanayotgani bois kafeda odamlar ko‘p bo‘lgan. Avvaliga guvohlar avariya tasodifan bo‘ldi deb hisoblagan, biroq Gennard mashinaning o‘zidan turib o‘t ochishni boshlagan. Birinchi qurbon veterinal Maykl Griffit edi. Tommi Bon ismli boshqa bir tashrif buyuruvchi restoran orqa qismidagi derazaga sakragan va jarohat olgan, shu bilan birga, qolgan mijozlarning evakuatsiyasi uchun imkoniyat yaratib bergan.

    Foto: ABC13

    Gennard politsiya xodimlari kelguniga qadar kamida uch marotaba pistoletini o‘qlagan va ular bilan qisqa otishma yuzaga kelgan. Yaralangan mergan hojatxonaga yashiringan. Politsiya Gennardga bir necha bor taslim bo‘lishni taklif qilgan, ammo u rad javobini berib, ko‘proq odam o‘ldirmoqchiligini aytgan. Bir necha daqiqadan keyin u o‘zining boshiga o‘q uzib, joniga qasd qilgan.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, Gennard o‘ziga xos va urushqoq xarakterga ega bo‘lgan. U savdo flotidan marixuana saqlagani uchun bo‘shatib yuborilgan, tez orada uning dengizchi litsenziyasi ham to‘xtatilgan. Ko‘p sonli hisobotlarda Gennardning ayollarni yoqtirmagani ko‘rsatilgan. Unga qo‘shni xonada yashaganlardan biri “U qora tanlilarni lotin amerikaliklarni, gomoseksuallarni yoqtirmasdi. U ayollar doim ilon bo‘lganini aytar va onasi bilan janjaldan keyin bu boradagi fikri yanada mustahkamlangandi”, — degan edi u.

    Foto: ABC13

    Omon qolganlarning aytishicha, Gennard ko‘proq ayollarni o‘qqa tutgan. Shu sababli halok bo‘lganlarning 14 nafari ayol kishi edi.

    Otishmadan bir kun o‘tib AQSH Vakillar palatasi jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi qonun loyihasiga ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tgan. Qurbonlarning ayrimlari AQSH Vakillar palatasi a’zosi Chet Edvardsning saylovchilari bo‘lgan, shu sababli u qonun loyihasining bir qismi bo‘lgan qurol nazorati bandiga qarshi o‘z pozitsiyasidan voz kechgan.

    “O‘lim karvoni”: Pinochet hokimiyatga qanday kelgan edi?

    1998-yilning 16-oktabr kuni Londonda chililik diktator 82 yoshli Augusto Pinochet hibsga olingan edi. 1973-yilda XX asrning ikkinchi yarmidagi eng mashhur harbiy to‘ntarish sodir bo‘lgan. Puxta rejalashtirilgan isyonda oliy qo‘mondonlik ag‘darilib, Chilining saylangan prezidenti Salvador Alyende “La Moneda” saroyida o‘lik holda topilgan edi. Hozirga qadar davlat rahbari o‘z joniga qasd qilganmi yoki isyonchilar tomonidan o‘ldirilganmi — noma’lum. 2011-yilda Alyendening qoldiqlari ekspertizadan o‘tkazilganda birinchi versiya tasdig‘ini topgan. Ammo prezident o‘z xohishi bilan joniga qasd qilganiga ko‘pchilik ishonmay keladi…

    Chili prezidenti Augusto Pinochet

    Chili prezidenti Augusto Pinochet
    Foto: Wikimedia Commons

    1970-yilda hokimiyat tepasiga prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Alyendening kelishi Chili jamiyatini ikkita qarama-qarshi lagerga bo‘lib yuborgan. SSSR tomonidan ma’nan va moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlangan muxolifatga xalq uncha xushlamaydigan, biroq yuqori martabali harbiylar yoqtirgan Amerika o‘ng kuchlari qarshi chiqqan. Siyosiy maydondagi qarama-qarshilik tez orada jismoniy kuch ishlatilishiga sabab bo‘lgan.

    Janubiy Amerikada hokimiyat tepasiga so‘l rejimning kelishi AQSHni xavotirga sola boshlagan. Propagandachilar tomonidan Chilining sovetlashtirilishi xavf tug‘dirishi haqida gap-so‘zlar tarqatilgan. Bunga muqobil variant sifatida millatchilik taklif etilgan. Asosiy rolni katolik cherkovi o‘ynagan: an’analarga sodiq konservatorlar “xudosiz” sotsializm g‘oyalariga qarshi qo‘yilgan. Qadriyatlarni hurmat qiladiganlardan biri general Augusto Pinochet edi. O‘ta ketgan antisotsialist bo‘lgan Pinochet o‘z qarashlarini oshkor etmay, Alyende davrida yuqori mansab lavozimlariga ko‘tarilgan.

    1973-yilning 29-iyunida Pinochet tarixda “Tanketaso” nomini olgan ultra o‘ng tankchilar isyonini bostirishda ishtirok etgan. Omadsizlikka qaramay, ushbu urinish tizimda nuqson borligini ko‘rsatgan. Prezidentning “La Moneda” saroyiga osonlik bilan yetib borgan isyonchilar hukumatni jiddiy tashvishga solishi kerak edi.

    Rejimning mustahkamligiga armiya bosh qo‘mondoni va ichki ishlar vaziri Karlos Prats kafolat bergan. Ammo avgust oxirida u fitnachilarning provakatsiyalari sabab barcha lavozimlardan chetlashtirilgan. Quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni lavozimiga Pratsning o‘rinbosari — Pinochet tayinlangan. Isyon muvaffaqiyatli amalga oshganidan keyin u o‘z boshlig‘ini o‘ldirishga buyruq beradi. Bir yil o‘tgach, Prats rafiqasi bilan Buenos-Ayresda portlatib yuborilgan.

    Augusto Pinochet va uning rafiqasi Lyusiya Iriart Rodriges, 1974-yil

    Augusto Pinochet va uning rafiqasi Lyusiya Iriart Rodriges, 1974-yil
    Foto: Biblioteca del Congreso Nacional
    11-sentabr kuni soat 09:10 da Alyende xalqqa murojaat yo‘llagan. Prezident tarafdori bo‘lgan oxirgi “Magalyanes” stansiyasi to‘g‘ridan to‘g‘ri efir vaqtida havodan o‘qqa tutilgan. Besh daqiqadan keyin isyonchilar “La Moneda”ga tank va aviatsiyalar yordamida bostirib kirgan. Alyendeni oxirgi halqada 40 kishi qo‘riqlagan.

    Davlat rahbari va unga sodiq insonlar taslim bo‘lishdan bosh tortgan. Kun yarmidan o‘tgach, bino to‘liq egallangan. Alyende esa jonsiz holda topilgan. Keyingi hafta Chilida qulagan hukumat vakillari va ularning oila a’zolariga qarshi qattiq repressiya boshlangan. Turli manbalarga ko‘ra, terror oqibatida 30 mingga yaqin odam halok bo‘lgan.

    Pinochet “Xalq birdamligi” koalitsiyasiga kirgan barcha partiyalarni qonundan tashqari deb e’lon qilgan. “Chili — proletarlar emas, mulkdorlar mamlakati”, — degan Pinochet.

    Siyosiy mahbuslar bilan ishlash uchun yangi rahbarning buyrug‘iga ko‘ra “O‘lim karvoni” nomli maxsus bo‘linma yaratilgan. U 40 ming kishi saqlangan Santyago stadionidagi konslageri sabab butun dunyoga tanilgan. Shu yerning o‘zida xavfli dushman deb topilganlar otib tashlangan.

    “Kommunistlarning ikkitasining jasadini bitta tobutga solish ularning o‘zi buzgan iqtisodiyot nuqtayi nazaridan oqilona bo‘lsa kerak”, — degan Pinochet.

    Foto: AP Photo

    Noyabr oyida insonlar qatl etilgan maydonda futbol bo‘yicha SSSR terma jamoasining o‘yini o‘tkazilishi kerak edi. “Lujniki”dagi 0:0 dan keyin sovet o‘yinchilari Santyagoda 1974-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun kurashishi kerak bo‘lgan. Bir zumda dushman davlatga aylangan mamlakat jamoasi “Chilidagi murakkab vaziyat va stadionning o‘yinga yaroqsizligi bois” kiritilmagan. Ammo FIFA o‘yin o‘tkazilishini talab qilgan.

    Natijada tarixda eng bema’ni voqea sifatida qolgan sport vaziyati sodir bo‘lgan. Muxlislar sovet terma jamoasi kelmasligini juda yaxshi bilsa-da, “Nasyonal” tribunasini to‘ldirib o‘tirgan, chililik futbolchilar esa o‘zi bilan o‘zi o‘ynab, bo‘sh darvoziga gol urgan. FIFA SSSRga texnik mag‘lubiyat yozgan. Germaniyada o‘tkaziladigan Jahon chempionatiga Chili jamoasi yo‘l olgan…

    Pinochet rejimi 1990-yilga qadar davom etgan. Yangi demokratik hokimiyat diktatorni sodir etgan jinoyatlari uchun javobgarlikka tortmoqchi bo‘lgan. Ammo yoshi keksayib qolgani, sog‘lig‘i yomonlashgani, katta ta’sir doirasiga ega tanishlari sabab u jazodan qochib qolgan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Aybdor deb topilgan manyak Chikatilo, SSSR samolyotini olib qochgan ota-bola va iste’fo bergan Qirg‘iziston prezidenti. Kun xronologiyasida 15-oktabr

    16.10.2022, 09:30   Izoh (0)   50942
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    G‘arb davlatlari o‘z aholisini ehtimoliy yadroviy zarbalarga tayyorlamoqda — Times

    16.10.2022, 00:30

    Putin Emomali Rahmonning Markaziy Osiyoga sobiq SSSR sifatida qaramaslik haqidagi chaqirig‘iga javob qaytardi

    15.10.2022, 17:42

    Rossiya Belarus samolyotlarini yadro quroli tashishga moslashtirib beradi

    15.10.2022, 16:14

    Rossiya o‘zi bosib olgan Xerson viloyatidan “bir necha ming bolalarni” olib ketgan

    15.10.2022, 16:08

    Turkiyadagi ko‘mir konida yuz bergan portlash qurbonlari soni 40 kishiga yetdi

    15.10.2022, 15:24

    Belarusga rossiyalik harbiylardan iborat ilk eshelonlar yetib keldi (video)

    15.10.2022, 15:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Sistit — bu uyat emas!


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Bobom bag‘rimizga qaytganlaridan xursandmiz!”

    O‘zbekiston | 30 may, 22:10

    Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 21:58

    “Real” klublar o‘rtasidagi JCH g‘olib bo‘lsa, futbolchilar 1 mln yevrodan bonus oladi

    Sport | 30 may, 21:58

    Turkiyada kurortdagi yong‘in ishi bo‘yicha ayblanuvchilar 22 yildan 1998 yilgacha qamalishi mumkin

    Dunyo | 30 may, 21:55

    Xorijda vafot etgan o‘zbekistonliklar jasadini olib kelish uchun soxta pul yig‘ish aksiyalari o‘tkazilmoqda

    O‘zbekiston | 30 may, 21:40

    Erdo‘g‘on islom davlatlarini iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga chaqirdi

    Dunyo | 30 may, 21:30

    Qirg‘izistonda erkak “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri sabab xotinini otib o‘ldirdi

    O‘zbekiston | 30 may, 21:20

    Mask Tramp saylov kampaniyasi davomida giyohvand moddalar iste’mol qilgan - NYT

    Dunyo | 30 may, 21:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.