G‘arb mamlakatlari hukumatlari Rossiya tomonidan Ukrainada yadro qurolini qo‘llash ehtimoli bo‘lgan taqdirda aholi o‘rtasida vahima paydo bo‘lishining oldini olish choralarini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Britaniyaning Times nashri xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, chora-tadbirlar ro‘yxati do‘konlar va dorixonalarda oziq-ovqat va eng zarur tovarlarni shoshilinch xarid qilishning oldini olishga qaratilgan bo‘ladi. Rasmiylar, shuningdek, yadroviy zarba sodir bo‘lgan taqdirda nima qilish kerakligi haqida ko‘rsatmalar qayd etilgan broshyuralarni chop etishni rejalashtirmoqda.
Ta’kidlanishicha, Rossiya G‘arbda yadro qurolidan foydalanishi mumkin emas. Ammo, shunga qaramay, davlatlar favqulodda yordam ko‘rsatish va aholini xabardor qilish bo‘yicha rejalarini yangilaydi.
Guardian nashrining aniqlik kiritishicha, G‘arb davlatlari Rossiya tomonidan yadro qurolidan foydalanishga qanday munosabatda bo‘lishlari haqida hozircha xabar bermagan. Biroq javob yadroviy zarbalar bo‘lmasligi qayd etilgan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)