“Valensiya” hujumchisi Edinson Kavani La Liga doirasida “Elche”ga qarshi bahsda (2:2) dublga erishdi.
Bu urugvaylik forvard uchun La Ligadagi dastlabki gollar bo‘ldi. 35 yoshli futbolchi XXI asrda Yevropa top-5 ligalarining to‘rttasida gol urgan beshinchi janubiy amerikalikka aylandi.
Undan avval Aleksis Sanches, Xames Rodriges, Filippe Koutinyo va Anxel di Mariya bu natijani qayd etgan.
Kavani A Seriyada “Palermo” va “Napoli”, APLda “Manchester Yunayted” va Liga 1 da “PSJ” safida to‘p tepgan.
Izoh (0)