Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Daryo”da Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida tug‘ilgan chaqaloq davolanish uchun Samarqand shahridagi shifoxonaga olib borilgani va shifoxonada dom-daraksiz yo‘qolgani haqida maqola e’lon qilingandi. Bu haqda tahririyatga takroran murojaat qilgan er-xotin — Ziyoda Jovliyeva hamda Otabek Ro‘zimov tergov harakatlari yakunlanganini, farzandining tirik yoki o‘likligi mavhumligicha qolib ketayotganini aytgandi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Er-xotinning mazkur videochiqishidan so‘ng Bosh prokuratura axborot xizmati murojaat nazoratga olinganini, holat haqida batafsil ma’lumot berilishini bildirgandi.

Bosh prokuratura axborot xizmati mazkur holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berib, dastlabki tergovda holatlarga yetarlicha e’tibor qaratilmagani bois tergov organi qarori bekor qilinib, 12-oktabr kuni qo‘shimcha tergov harakatlari boshlanganini ma’lum qildi.

Mazkur holat bo‘yicha Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 124-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan dastlabki tergov harakatlari natijasiga ko‘ra, harakatdan tugatilgan.

Ushbu qaror va ish hujjatlari Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan o‘rganilganida, barcha holatlarga huquqiy baho berilmasdan, barvaqt qaror qabul qilinganligi bois, 2022-yil 12-oktabr kuni qaror bekor qilinib, qo‘shimcha tergov harakatlari o‘tkazish uchun shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limiga yuborildi, — deyiladi Bosh prokuratura axborot xizmati xabarida.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi