Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 14-oktabrda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 12,94 so‘mga ko‘tarilib, 11 108,25 so‘mni tashkil qildi. Yevro 31,44 so‘mga oshib, 10 803,88 so‘m bo‘ldi. Rubl 1,58 so‘mga ko‘tarilib, 175,42 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi ketma-ket uch kun ko‘tarilib, 11 095,31 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro va rubl kursi ham oshgandi.
Izoh (0)