• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yaqinimizga bomba kelib tushdi, kimdir o‘lsa, keyin yordam berishsa kerak” — Belgoroddagi o‘zbekistonlik talabalar yotoqxonada jon saqlayotganini aytishmoqda

    Ukraina chegarasidan 33 kilometr narida joylashgan Rossiyaning Belgorod viloyatiga bombalar yog‘dirishda davom etmoqda. Bugun, 13-oktabr kuni ham shaharning Gubkin ko‘chasidagi turar joy binosiga bomba parchalari tushgan.

    Bir necha kun avval Belgorod viloyati hududida joylashgan Belgorod davlat texnika universitetining o‘zbekistonlik talabalaridan murojaat kelib tushdi. Ular shahardagi ijtimoiy ahvol, urush fonida o‘zgargan yashash tarzi hamda har kuni eshitilib turadigan bomba ovozlari haqida so‘zlab bergan edi.

    Hozirgi kunda Vladimir Shuxov nomidagi Belgorod davlat texnika universitetida 150 ga yaqin O‘zbekiston fuqarosi tahsil oladi.

    Talabalardan birining “Daryo”ga aytishicha, bugun, 13-oktabr kuni ular yashayotgan yotoqxonadan taxminan 2,5 kilometr uzoqlikdagi binoga bomba tushgan.

    “Hamma vahimada. Kimdir o‘lsa keyin yordam berishsa kerak. Nima qilishni bilmay o‘tiribmiz. Elchixonadagilar vaziyatdan xabardor. Lekin hali biror ko‘rsatma yoki qandaydir yordam berishgani yo‘q. Telefon qilsak vaziyat o‘rganilayotganini aytishdi”, — dedi talaba yigit.

    Uning qo‘shimcha qilishicha, talabalarning o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirish uchun universitetning O‘zbekistondagi filialiga murojaat qilingan, buni hal qilish ularning qo‘lida emasligini aytishgan.

    “O‘qish onlayn bo‘lyapti. Hamma yotoqxonada jon saqlab o‘tiribdi. Dekanimiz onlayn o‘qish tartibi cho‘zilishi mumkin, yurtlaringga ketsalaring ham mayli, deb aytdi”, — dedi talaba.

    Belgorodda havo hujumidan mudofaa tizimi ishlamoqda

    Belgorod viloyati hukumatining tezkor shtabida aytilishicha, portlashlar va havo mudofaasi natijasida bir nechta ko‘chalarda avtomobil va yo‘l qoplamasi “biroz shikastlangan”. Shuningdek, uylar yaqinida, hovlilarda va xususiy uyning issiqxonasida snaryad parchalari topilgan.

    Kursk viloyatidagi o‘zbekistonliklarning Shavkat Mirziyoyevga murojaati

    11-oktabr kuni Rossiyaning Kursk viloyatida o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talabalar Ukrainaga chegaradosh hududlarda xavf tobora ortib borayotgani sabab prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat bilan chiqdi. Ular shahardagi ahvol notinch ekanini aytib, davlat rahbaridan ularning o‘qishini O‘zbekistonga ko‘chirib berishni so‘ragan.

     

    “Biz o‘zimizdan o‘zimiz vahima ko‘tarayotganimiz yo‘q. Chunki hali bu yerlardagi vaziyat unchalik notinch bo‘lmagan paytlardayoq, mart oyida Qozog‘iston hukumati o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilib, o‘qishlarini o‘zlariga ko‘chirib bergandi. Biz esa vaziyat sal xavotirli tus olayotgan vaqtda murojaat qilyapmiz. Hurmatli prezident, bizning o‘qishimizni O‘zbekistondagi tibbiyot oliygohlariga ko‘chirishingizni iltimos qilamiz”, — degan talabalar nomidan so‘zga chiqqan yigit.

    TIV va nihoyat tilga kirdi

    Tashqi ishlar vazirligi holatga munosabat bildirdi. Qayd etilishicha, talabalarning murojaati yuzasidan O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari vaziyatni o‘rganish va mavjud muammolarni hal qilish maqsadida Kursk viloyatiga jo‘nab ketgan.

    Natijalar to‘g‘risida qo‘shimcha axborot beriladi.

    13.10.2022, 16:49   Izoh (0)   13580
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Tibbiyot muassasalarida hosil bo‘ladigan radiologik chiqindilarni yo‘q qilishga ixtisoslashgan shoxobchalar tashkil etilmagan” — Boriy Alixanov

    13.10.2022, 16:28

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarilishda davom etmoqda

    13.10.2022, 16:18

    O‘zbekistonda kelasi hafta boshlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

    13.10.2022, 16:07

    Toshkent xalqaro aeroportida noqonuniy olib o‘tilgan timsoh va buqalamun bolalarining 7 tasi nobud bo‘ldi

    13.10.2022, 16:04

    Samarqand sammitiga tayyorgarlik ko‘rishda Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibiyati bilan hamkorlik qilishga kelishildi

    13.10.2022, 15:45

    Sahrodagi mo‘jizaviy shaharga sayohat — Uzbekistan Airways Dubayga media-tur uyushtirdi (foto)

    13.10.2022, 15:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qirg‘izistonda bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 23:48

    Olimlar paratsetamolning kutilmagan xavfi haqida ogohlantirdi

    Dunyo | 25 avgust, 23:40

    Rossiyada migrantlar imtihoniga ayollar bilan muloqot qilish qoidalarini kiritish taklif etildi

    Dunyo | 25 avgust, 23:25

    Polsha prezidenti ukrainalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonunga veto qo‘ydi

    Dunyo | 25 avgust, 23:15

    Britaniyada vertolyot qulashi natijasida uch kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 25 avgust, 23:05

    “AQSH Ukrainaga pul bermaydi”. Tramp urush haqida yangi bayonotlar bilan chiqdi

    Dunyo | 25 avgust, 22:57

    Iordaniya podshohi Samarqanddagi “Boqiy shahar” majmuasida bo‘ldi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 22:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.