Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida 9-oktabr kuni sodir bo‘lgan YTH oqibatida 14 yoshli o‘quvchi vafot etdi. Bu haqda viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Kadr: Telegram

Kadr: Telegram

Ma’lum bo‘lishicha, 14 yoshli yigit Nexia avtomobilini boshqarib, tumanning “Yoshg‘ayrat” mahallasi hududida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. YTH oqibatida u bilan birga mashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan 14 yoshli yigit — o‘zining qarindoshi og‘ir tan jarohatlari olgan.

Ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay, u shifoxonada vafot etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)