Ayni paytda 48 yoshda bo‘lgan Bollivud aktyori Ritik Roshan uchuvchi rolini o‘ynashi kerak bo‘lgan “Jangchi” filmi ustida ish boshladi. U filmda Dipika Padukone va Anil Kapur bilan birga rol ijro etadi.
“Jangchi” (Figther) filmining suratga olish jarayonlari biroz keyinroq boshlanadi, biroq hozircha Ritikning boshqa vazifasi bor — aktyor jismoniy holatini yaxshilashi kerak. Ritik mashg‘ulotlarni boshladi (dastur 12 haftaga mo‘ljallangan). Ma’lum bo‘lishicha, aktyorning kuch va funksional mashg‘ulotlar shug‘ullanishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Ritik Roshan ko‘p vaqtini aviabaza ofitserlari bilan o‘tkazishi kutilmoqda, ular aktyorga turli jihatlardan rolga tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi.
Ritik bosh rolni ijro etgan, Saif Ali Xon bilan birga suratga tushgan yana bir film “Vikram Veda” prokatlarda start oldi.
Mavzuga doir:
- Muvaffaqiyatli karyera, shaxsiy hayotdagi baxtsizlik: Bollivud yulduzi Ritik Roshanning hayot va ijod yo‘li (foto).
- Rakesh va Ritik Roshanlar — Bollivudning ijodkorlar sulolasi haqida ko‘pchilik bilmaydigan ma’lumotlar.
- Jismoniy kamchiliklari muvaffaqiyatga erishishiga to‘sqinlik qila olmagan Bollivud yulduzi Ritik Roshan 48 yoshda (foto).
- Bollivud yulduzi Ritik Roshan ishtirok etishi kutilayotgan yangi loyihalar (foto).
Izoh (0)