Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qo‘qon shahridagi O‘rda maydonida “Qo‘qon etnosport chellenj — 2022” xalq milliy o‘yinlari va sirk san’ati xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, festival O‘zbekiston prezidentining 2022-yil 29-iyuldagi “Turkiy davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlikni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan tashkil etilgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Turizm va madaniy meros vazirligi, Farg‘ona viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston etnosport assotsiatsiyasi hamkorligida o‘tkazilgan festivalda mamlakatimizning barcha hududlaridan jamoalar, shuningdek, Qirg‘iziston vakillari qatnashgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Festivalda chavandozlik, uloq, ko‘pkari, dorbozlik, merganlik, tosh ko‘tarish, kurash, arqon tortish kabi xalq milliy o‘yinlari namoyishi, ko‘rgazmali chiqishlar va musobaqalar o‘tkazilgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Shuningdek, festival davomida milliy matolar, hunarmandchilik va kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari namoyish etilgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Festival dasturidan o‘rin olgan bir-biridan qiziqarli milliy xalq o‘yinlari hamda sirk tomoshalari tadbir ishtirokchilari va sayyohlarga unutilmas taassurotlar ulashgan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ma’lumot uchun, 2022-yilda Qo‘qon shahri “Turkiy dunyoning turizm poytaxti” deb e’lon qilingan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi