Ozarbayjonning Nahchivan shahrida 16 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida Butunjahon shaxmat Olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston-1 terma jamoasi 9-tur yakuniga ko‘ra ikkinchi o‘rinni egalladi.
O‘zbekistonliklar musobaqa davomida 7 ta g‘alaba, bitta durang va bitta mag‘lubiyat qayd etgan hol 15 ochko jamg‘ardi. Turkiya vakillari 18 ochko bilan birinchi o‘rinni band etdi. Ozarbayjon-1 13 ochko bilan kuchli uchlikni yakunlab berdi.
O‘smirlar shaxmat Olimpiadasida qatnashgan O‘zbekiston-2 terma jamoasi esa 11 ochko bilan 7-pog‘onani egalladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)