Аfg‘onistonda 11-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan 04:23 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida sezildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, Toshkentdan 495 kilometr janubiy-sharqda kuzatilgan zilzila o‘chog‘i 160 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 5,5 ballga teng bo‘lgan.
O‘zbekistonda sezilish kuchi Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida 2 ballni tashkil etgan.
Izoh (0)