Tesla sentabr oyida Shanxaydagi zavodida ishlab chiqarilgan 83 135 ta elektromobilni xaridorlarga yetkazib berdi. Bu haqda Xitoy yo‘lovchi avtomobillarini ishlab chiqaruvchilar uyushmasi (CPCA) ma’lumotlariga tayanib, Reuters xabar bermoqda.
Bu Xitoydagi Amerika kompaniyasi uchun yangi savdo rekordidir.
Xitoyda Tesla elektromobillarini sotish bo‘yicha avvalgi rekord joriy yilning iyun oyida o‘rnatilgan edi.
O‘shanda kompaniya deyarli 79 mingta avtomobil sotishga muvaffaq bo‘lgan. Sentabrdagi sotuvlar avgust oyiga nisbatan 8 foizga, o‘tgan yilga nisbatan 48,4 foizga yuqori bo‘ldi.
Avvalroq Tesla kompaniyasi uchinchi chorakda yetkazib berish hajmini oldingi uch oyga nisbatan 34,5 foizga oshirgani haqida xabar berilgan edi.
Kompaniyaning elektromobil ishlab chiqarish ko‘rsatkichi rekord darajadagi 343,83 mingtaga yetgan.
Izoh (0)