Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixail Podolyak 10-oktabr, dushanba kuni ertalab Ukrainaning ayrim shaharlariga berilgan raketa zarbalari Qrim ko‘prigidagi portlashga aloqasi yo‘qligini ta’kidladi, deya xabar beradi “CHTD”.
“Rossiya armiyasining Ukraina shaharlariga yo‘naltirilgan bugungi raketa zarbalari bir necha hafta oldin rejalashtirilgan va Qrim ko‘prigidagi portlash bilan bog‘liq emas”, — dedi Podolyak “Vozdux” telekanali efirida.
“Bu (raketa hujumi) juda murakkab operatsiya edi. Butun urush davomida bunday keng ko‘lamli zarbani tayyorlash mumkin emasdi. Bu Ukraina havo mudofaasi tizimlarining haddan tashqari yuklanishini sinxronlashtirish, hamma narsani hisoblash, jadvallarni tuzish va hokazo. Bu uzoq vaqt oluvchi jarayon”, — deydi Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi.
Podolyak, shuningdek, Qrim ko‘prigidagi portlash Rossiya tomonidan maxsus uyushtirilganini ta’kidladi. Uning fikricha, Putin voqeani terakt deb atash orqali Ukraina shaharlarining bugungi ommaviy o‘qqa tutilishini oqlashi mumkin edi.
Kiyevda metro harakati to‘xtatilgan, metropolitenning barcha bekatlari fuqarolar uchun boshpana sifatida foydalanilmoqda. Shuningdek, Dneprda ham portlash ovozlari eshitilgan. Shaharda va viloyatda havo trevogasi e’lon qilingan. Bundan tashqari, OAVlar Ukrainaning Xmelnitskiy, Jitomir, Lvov, Kremenchug, Krivoy Rog, Ternopol shaharlaridagi portlashlar haqida ham xabar bermoqda. “Rossiyaning ushbu jinoyatga javobi faqat terrorchilarni bevosita yo‘q qilish bo‘lishi mumkin. Butun dunyoda aynan shunday qilinadi. Rossiya fuqarolari aynan shuni kutmoqda”, — deya fikr bildirdi Medvedev. Kiyev Qrim ko‘prigiga zarba berishi haqida avvalroq ko‘p bora ogohlantirgandi. “U orqali texnika bilan ta’minlash amalga oshirilmoqda, demak uni buzish kerak”, — degan edi Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Aleksey Arestovich.Ukraina shaharlaridagi portlashlar
10-oktabr kuni ertalab Kiyevda va Dneprda bir necha marta portlashlar sodir bo‘ldi. Kiyev meri Vitaliy Klichko shaharga zarbalar berilganini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev markazidagi Shevchenko tumani hujumga uchragan.Shevchenko tumanida raketa zarbasi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi, yana 24 nafar tinch aholi vakili yaralandi.Qrim ko‘prigidagi portlash
Qrim ko‘prigida 8-oktabr kuni tongda yuk mashinasi portlab ketdi. Portlash tufayli shu payt ko‘prikning temir yo‘l qismida harakatlanayotgan yuk poyezdining yonilg‘i ortilgan sisternalari yonib ketdi. Oqibatda uch kishi halok bo‘ldi, shuningdek, ko‘prikning avtomobil yo‘li qismida uchta tayanch ustuni oraliqlari qulab tushdi.Ko‘prikda harakat to‘xtatildi, ko‘rfaz orqali paromlar qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi. 8-oktabr kuni kechki paytga kelib, ko‘prik orqali harakat qayta tiklana boshladi. 9-oktabr kuni ikkita polosa orqali harakat ham qayta yo‘lga qo‘yildi.Rossiya javob qaytarishga va’da berdi
Qrim ko‘prigidagi portlashdan keyin Rossiya Tergov qo‘mitasi terrorizm haqida ish ochdi, mamlakat prezidenti Vladimir Putin voqeada Ukraina maxsus xizmatlarini aybladi. “Shubhasiz, bu Rossiya Federatsiyasining o‘ta muhim fuqarolik infratuzilmasini vayron qilishga qaratilgan teraktdir, — dedi Putin. — Mualliflar, ijrochilar, buyurtmachilar — Ukraina maxsus xizmatlari”.Qrim ko‘prigidagi portlash va yong‘in qo‘poruvchilik va terrorchilik harakati hisoblanadi, uning ortida esa “kriminal Kiyev rejimi” turibdi, ularni “yo‘q qilish” kerak, dedi Rossiya sobiq prezidenti, Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev.Ukraina ko‘prikdagi portlashni zimmasiga oldimi?
Portlash Ukraina xavfsizlik xizmati operatsiyasi bo‘lgani haqidagi xabarlar hodisadan keyin ko‘p o‘tmay OAVlarda paydo bo‘lgan edi. Xususan, bu haqda “Ukrainskaya Pravda” huquq-tartibot organlaridagi manbasiga tayanib xabar bergan, The New York Times ismi sir qolishni istagan ukrainalik yuqori martabali amaldorga asoslanib yozgan.Ukraina maxsus xizmatlari Qrim ko‘prigidagi portlash uchun javobgarlikni rasman zimmasiga olganicha yo‘q. Biroq Ukraina Mudofaa vazirligi Qrim ko‘prigidagi hodisa yuzasidan izoh berib, Twitter’da quyidagicha post qoldirdi: “‘Moskva’ raketa kreyseri va Kerch ko‘prigi — Ukraina Qrimida Rossiya hokimiyatining ikkita mashhur ramzi — yo‘qoldi. Ruslar, endi navbatda nima?”