NATO davlatlarining Mudofaa vazirliklari vakillari Ukrainaga bir qator raketa hujumlari fonida Bryusselda “Ramshtayn” formati ostida shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi, deb yozadi “UNIAN”.
WP’ning qayd etishicha, uchrashuv shu hafta bo‘lib o‘tadi, ammo aniq sana noma’lum. Ukraina mudofaasi bo‘yicha aloqa guruhiga AQSH vakili rahbarlik qiladi. Bundan tashqari, WP NATO mudofaa vazirlarining bo‘lajak yig‘ilishi haqida xabar berdi.