Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 7-oktabr — tug‘ilgan kunini ish joyida o‘tkazadi. Bu haqda Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskovga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Peskovning ta’kidlashicha, shu kuni Rossiya rahbari uchun bir qancha tadbirlar rejalashtirilgan. Putin 7-oktabr, juma kuni o‘zining 70 yoshini qarshilaydi.

“Putin tug‘ilgan kunini ish joyida o‘tkazadi, ish tadbirlari rejalashtirilgan”, — dedi Peskov.

Avvalroq Ramzan Qodirov Chechenistonda Putinning tug‘ilgan kuni munosabati bilan ommaviy tadbirlar tashkil etilgani haqida xabar qilgandi. 7-oktabr kuni Chechenistonda Putin nomidagi dzyudo olimpiya mashg‘ulotlari markazi, shuningdek, “Minutka” ko‘p funksiyali majmua ochiladi. Bundan tashqari, Rossiya prezidentining 70 yoshi sharafiga ko‘plab sport musobaqalari o‘tkaziladi.

Vladimir Putin 1952 yil 7-oktabrda Leningradda tug‘ilgan. U oilada uchinchi o‘g‘il edi, lekin u tug‘ilishidan oldin ikki akasi — Albert va Viktor vafot etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Suriyadagi kurdlar Rossiyadan hududlarini himoya qilishda yordam so‘radi
Mahalliy
O‘zbekistonda 2023-yilda meva va sabzavotlar narxi jiddiy o‘sishi kutilmoqda
Dunyo
Kim Chen Ir topshirig‘i bilan uyushtirilgan terakt, samolyot boshqarib halokatga uchragan “Formula-1” chempioni va nemislar tomonidan qatl etilgan Kosmodemyanskaya...